O‘zbek dizaynerlari urushlarda bolalarning halok bo‘lishiga qarshi chiqdilar

© NUZ.UZToshkentdagi modalar namoyishi - "Oltin kuz" The Fashion-show
Toshkentdagi modalar namoyishi - Oltin kuz The Fashion-show - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbek dizaynerlari mazkur kolleksiya orqali bolalarning halok bo‘lishiga sabab bo‘layotgan urushlarni to‘xtatishga chaqirdilar

TOShKENT, 14 noya — Sputnik. Zarqaynar milliy san’at markazida modalar namoyishi — "Oltin kuz" The Fashion-show bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar beradi NUZ.UZ.

Ko‘rgazmada dizaynerlar milliy va bolalar kolleksiyalarini namoyish etishdi. Bolalar liboslari kolleksiyalaridan biri "Bolalar urushga qarshi" deb nomlandi.

© NUZ.UZToshkentdagi modalar namoyishi - "Oltin kuz" The Fashion-show
Na pokaze mod v Tashkente Zolotaya osen-2016 dizayneri predstavili kolleksiyu detskoy odejdi Deti protiv voyni - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentdagi modalar namoyishi - "Oltin kuz" The Fashion-show

Kattalar yer talashishganda, ko‘pincha hech qanday aybi yo‘q bolalar jabr ko‘rishadi. Biz yangiliklar orqali tez-tez Suriya va Ukrainada maktablar va bolalar bog‘chalari o‘qqa tutilayotgani, dunyoning turli mamlakatlarida terrorchilik hujumlari sodir bo‘layotgani haqida bilamiz, deb yoziladi saytda.

O‘zbek dizaynerlari mazkur kolleksiya orqali bolalarning halok bo‘lishiga sabab bo‘layotgan urushlarni to‘xtatishga chaqirdilar. Modelyerlar o‘g‘il bolalar va qizlar uchun kamuflyaj rangidagi kiyimlarni yaratdilar va ularni pushti gullar va bezaklar bilan bezadilar.

Bundan tashqari, loyihada milliy uslubdagi kolleksiyalar ham namoyish etildi. Bu yo‘nalishda GULIM brendi "Oltin qum", K.Behzod nomli milliy rassomlik va dizayn institutining yosh dizaynerlari Roza Jumaniyozova va Madina Po‘latovalar "Sharq aks-sadosi", dizayner Kamola Xolbekova "Kuz tarovati", XonQizi "Abadiy sevgi" kolleksiyalarini namoyish qildilar.

Yangiliklar lentasi
0