Nursulton Nazarboyev surati pulda aks ettiriladi

© Sputnik KazaxstanNursulton Nazarboyev surati tushirilgan kupura
Nursulton Nazarboyev surati tushirilgan kupura - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev 10 mingtalik kupurada aks ettirildi
TOShKENT, 15 noya — Sputnik. Qozog‘istonda prezident Nursulton Nazarboyev surati aks ettirilgan suvenir kupura chiqarilmoqda, deb xabar bergan RIA Novosti nashri "Xabar 24" telekanali saytiga tayangan holda.
"Banknota mamlakatda Birinchi prezident kuni nishonlanadigan sana — 1-dekabrda chiqariladi", — deyilgan xabarda.
Telekanal tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, Ostona shahrida shu kunlarda "Qozog‘iston Mustaqilligining 25-yilligi: milliy  valyuta" mavzusida Qozog‘iston Milliy banki anjumani bo‘lib o‘tmoqda.
"Tadbir davomida Qozog‘iston Milliy banki raisi Doniyor Akishev tomonidan mamlakat Mustaqilligining 25-yilligiga bag‘ishlangan Nursulton Nazarboyev surati tushirilgan 10 mingtalik banknota va tanga taqdim qilindi. 10 mingtalik tanga 1-dekabr kuni muomalaga kiritiladi", — deyiladi xabarda.
Yangiliklar lentasi
0