Toshkentda Yusuf Xos Hojib ijodiga bag‘ishlangan konferensiyaga o‘tkaziladi

© uzorientToshkent Davlat Sharqshunoslik instituti
Toshkent Davlat Sharqshunoslik instituti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent Davlat Sharqshunoslik institutida "Yusuf Xos Hojibning adabiy, falsafiy va ma’naviy merosi" mavzuyida ilmiy konferensiya o‘tkaziladi

TOShKENT, 15 noya — Sputnik. Toshkent Davlat Sharqshunosli instituti ilmiy xodimlarni ulug‘ alloma — "Qutadg‘u bilig" muallifi, Yusuf Xos Hojibning adabiy, falsafiy va ma’naviy merosiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan ilmiy konferensiyaga taklif qilmoqda.

Konferensiya 2016-yil, noyabr oyining o‘n to‘qqizinchi kuni, soat 10.00da institut bosh binosining 2-qavatidagi majlislar zalida o‘tkaziladi.

Konferensiyada Yusuf Xos Hojib merosining ma’naviy va umumbashariy ahamiyati, Yusuf Xos Hojibning maqbarasi, "Qutadg‘u bilig"ning uyg‘ur yozuvli qo‘lozmasi va boshqa qiziqarli mavzularda ma’ruzalar o‘qiladi.

Konferensiyada o‘qib eshittirilgan eng yaxshi maqolalar saralanib, "Sharq mash’ali" jurnalida chop ettiriladi.

Eslatib o‘tamiz, Yusuf Xos Hojib XII asrda yashab ijod etgan ulug‘ shoir, davlat arbobi va donishmandidir. Undan bizga "Qutadg‘u bilig" — "Saodatga boshlovchi bilim" nomli yagona asar yetib kelgan. Bu asar turkiy yozma adabiyotning ilk nodir yodgorligidir. Bu dostonda bugun ham o‘z qimmatini saqlab qolgan umuminsoniy, axloqiy qarashlar mujassamlashgan. Bu jihatdan doston falsafiy-axloqiy didaktik harakterga egadir.

Yangiliklar lentasi
0