O‘rta Osiyolik migrantlar orasida sil kasali ko‘paymoqda

© Sputnik / Said Sarnayev / Mediabankka o‘tishTibbiy markaz
Tibbiy markaz - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yashash sharoiti yomonligi, tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoni yo‘qligi va bir xonadonda ko‘pchillik bo‘lib yashash holatlari tufayli Rossiyada ishlayotgan O‘rta Osiyo mamlakatlari fuqarolari orasida sil (tuberkulez) kasali ko‘paymoqda.

TOShKENT, 16 noya — Sputnik. Rossiyaga ishlash uchun kelayotgan chet el fuqarolari  mahalliy aholidan ko‘ra ikki baravar ko‘proq sil kasaliga chalinmoqda, deb xabar qilmoqda Rossiya Tuberkulezni o‘rganish ilmiy-tekshrish instituti.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyaga ishlash uchun kelgan fuqarolar soni 10 milliondan ortiq. Ulardan aksariyati MDH mamlakatlari fuqarolari va yarmidan ko‘pi O‘rta Osiyo mamlakatlari fuqarolari. Mehnat migrantlari orasida O‘zbekiston fuqarolari 20 % ni tashkil qiladi.

Ilmiy tekshirish instituti ma’lumotiga ko‘ra, oxirgi yillarda mehnat migrantlari orasida sil kasaliga chalinish holatlari mahalliy aholiga nisbatan 2,5 baravar ko‘p uchramoqda.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (VOZ) 2013-yilda o‘tkazgan tadqiqotiga ko‘ra 100 ming aholi soniga tuberkulez bilan kasallanish holati Rossiyada — 63 kishi, O‘zbekistonda — 80 kishi, Ukrainada — 96 kishi, Tojikistonda — 100 kishi, Qirg‘izistonda — 141 kishi, Moldovada — 159 kishi to‘g‘ri kelgan.

Laborant qiz analizlarni tekshirmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Patent olish uchun tibbiy ma’lumotnomalar faqat Saxarovo YaMMda beriladi

Ushbu ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki tuberkulez uchrashi tasodifi turli mamlakat fuqarolari orasida turli xil. Lekin Rossiyaga kelgan migrantlar qurilshlarda, yotoqxonalarda ko‘p hollarda kichik maydonda turli millat vakillari birgalikda zich yashaydi. Ko‘p hollarda ular sifatli ovqatlanmaydi va sanitariya gigiyena qoidalariga to‘liq amal qilinmaydi. Ustiga ustak, biror joyi og‘riganda ham tibbiy yordam uchun murojaat qilishga shoshilmaydi, — uyga borib davolanib olaman deb o‘ylaydi.

Aynash shunday yashash sharoiti tufayli, bir kishida bor bo‘lgan yuqumli kasallikning boshqalarga ham tez tarqalishi va rivojlanishiga sabab bo‘lmoqda.

Oxirgi yillarda kiritilgan "patent" tizimi tufayli migrantlar har yili majburiy flyuorografiya va boshqa tibbiy analizlardan o‘tish majburiy tartibda belgilandi. Undan tashqari migrantlar uchun maxsus tibbiy sug‘urta ishlab chiqildi. Ushbu sug‘urta barcha tibbiy xarajatlarni qoplamasada shoshilinch tibbiy yordam va og‘ir kasalliklar xavfidan saqlash kabi tibbiy xizmatlarni o‘z ichiga olgan.

Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, mehnat migrantida sil, VICh infeksiyasi yoki boshqa og‘ir yuqumli kasallik  borligi aniqlansa, unga ishlash huquqi beruvchi "patent" berilmaydi va u Rossiya hududini tark etishga majbur bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0