O‘zbekistonda boshqalarga o‘xshamagan musiqiy dastur paydo bo‘ldi

Obuna bo‘lish
Yangi dasturdagi musiqaning asosiy qismi chet el musiqalari tashkil qiladi, undan oldin paydo bo‘lgan musiqiy dasturlarning aksariyati esa o‘zbekcha musiqaga "ixtisoslashgan" edi.

TOShKENT, 16 noya — Sputnik. O‘zbekistonda bir vaqtning milliy va chet el musiqalarini o‘zida mujassamlashtirgan birinchi musiqiy dastur ishlab chiqildi, deb xabar qilmoqda MyDay.uz.

Musiqiy dastur yaratuvchisi Jaxongir Mahkamov aytishiga qaraganda, ushbu dastur arxivi har kuni yangi qo‘shiqlar bilan to‘ldirilib boriladi. Undan qo‘shiqlarni bir ro‘yxatga jamlash yoki ularni do‘stlar bilan baham ko‘rish imkoniyati yaratilgan.

"Ushbu dasturni yaratish g‘oyasi, radiodan bir xil qo‘shiqlarni qayta-qayta eshitish, doimo u yoki bu qo‘shiqni qayerdan yuklab olsam deb o‘ylash jonga tekkan vaqtda boshimga keldi.  Signs, Flyin'Up, Kuk Choy, TR Project kabi, yangi paydo bo‘layotgan talantli artistlar ijodi ham menga yoqadi. Ular o‘z qo‘shiqlarini tez-tez internetga joylashtirib turishadi. Menimcha ular hozir O‘zbekistondagi musiqa sifatini va musiqa sanoatni o‘zgartirmoqda", — deydi Mahkamov.   

Uning so‘zlariga qaraganda, dunyoda ko‘plab shunday platformalar ishlamoqda. Spotify, Pandora, Google music — shular jumlasidan.

"Muzone — bu musiqa hududi. Har bir kishi uchun o‘z o‘ziga xos, biz hozir har bir eshituvchining xoxishlarini ilg‘ashga harakat qilmoqdamiz. Bizning maqsad — Muzone dasturini O‘zbekistonda, eng ommaviy bo‘lgan, birinchi dasturga aylantirish", — dedi avtor.

Ushbu dastur istalgan musiqani eshitib ko‘rish imkonini beradi. Muxlislar yangi chiqqan albomni eshitib ko‘rib, yoqsa uni telefonlariga yuklab olish imkoniga ega. Biroz vaqtdan keyin foydalanuvchilarga o‘z "sevimli" qo‘shiqlarini tanlash va "qo‘shiqlar ro‘yxati" tuzish imkoni paydo bo‘ladi.

© AppstoreMuzone dasturining ekrani ko‘rinishi
Muzone – strimingovoe prilojenie, sdelannoe v Uzbekistane  - Sputnik O‘zbekiston
Muzone dasturining ekrani ko‘rinishi

Musiqa yaratuvchilari va xonandalar ushbu dastur va onlayn platforma orqali o‘z qo‘shiqlarini nafaqat reklama qilishlari, balkim ularni qonuniy ravishla sotib pul ishlashlari mumkin.

“Biz musiqachilarga har bir eshitilgan qo‘shiq uchun pul to‘laymiz. Qo‘shiq qancha ko‘p eshitilsa, artistlar ish haqi ham shuncha oshadi. Biz bilan hamkorlik qiladigan artistlar bilan bularning hammasi kelishilgan. Xonanda roziligisiz hech qanday qo‘shiq Muzonga qo‘yilmaydi”, — deydi dastur yaratuvchisi.

Ushbu dasturning boshqalardan asosiy farqi shundaki – uning katta qismini chet el musiqasi tashkil qiladi. Bugungi kunda O‘zbekiston internetida mavjud bo‘lgan boshqa aksariyat dasturlar o‘zbek musiqasga “ixtisoslashgan”. Dasturni Appstore, Google Play yoki muzone.uz sahifalaridan yuklab olish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0