Qarshi - Termez temir yo‘lini elektrlashtirish uchun 428 mln $ sarflanadi

© Sputnik / StringerElektrovoz O'ZEL-0204
Elektrovoz O'ZEL-0204 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu temir yo‘li orqali O‘zbekiston Hindiston Janubiy va Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari portlariga dengiz portlariga chiqish yo‘li ochiladi. Shuningdek ushbu yo‘l transport xarajatlarini 35% ga kamaytirish imkonini beradi.

TOShKENT, 16 noya — Sputnik. O‘rta Osiyoda tezurar temiryo‘l poyezdlar harakatini yo‘lga qo‘ygan birinchi mamalkat — O‘zbekiston bo‘ldi. Afrosiob tezurar poyezdlari Toshkent va Samarqand, Samarqand va Buxoro orasida harkatlana boshladi, deb xabar qilmoqda UzLiDep matbuot xizmati.

Qamchiq dovonida temir yo‘l tunneli qurilishi - Sputnik O‘zbekiston
“Qamchiq” dovoni orqali temir yo‘l tunneli o‘tkazish yakunlanmoqda

Shu bilan bir vaqtda ayni damda rejalashtirilayotgan uzunligi 396 km, umumiy qiymati 283 million bo‘lgan "Buxoro — Miskin" temiryo‘li O‘zbekistondan Qozog‘iston va Rossiyaga yuk tashish hajmini sezilarli oshirishi kerak. Yangi temir yo‘l qurilishi ikki bosqichdan iborat bo‘ladi. Boshida teplovozlar harakatlanadigan temir yo‘l quriladi. Keyingi bosqichda ushbu temir yo‘l elektrlashtiriladi.

Uzunligi 325 km bo‘lgan Qarshi — Termez yo‘lini elektrlashtirish uchun esa — 428 mln dollar xarajat qilinishi kerak. Ushbu mablag‘ Osiyo Taraqqiyot banki, Yaponiya Xalqaro hamkorlik agentligi mablag‘lari hisobidan quriladi. Ushbu yirik loyihani amalga oshirish bugungi kunda mavjud bo‘lgan yo‘lovchi va yuk tashish xarajatlarini 35 %ga qisqartirishi kerak.

Ushbu yo‘nalishda 11ta zamonaviy lokomotivlar harakatlanishi nazarda tutilgan. Yangi yo‘l O‘zbekistonga Hindiston va Janubiy va Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari portlariga chiqishga yo‘l ochib berishi kerak. Shuningdek ubu yo‘ldan Afg‘oniston orqali o‘tadigan temir yo‘l orqali o‘tish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu yili to‘liq elektrlashtirilgan "Angren — Pop" temr yo‘l bo‘lagi ishga tushdi, va tezurar elektropoyezdlar Toshkentdan Andijonga qatnay boshladi. Rejalashtirilgan temir yo‘llar qurib bitkazilganidan keyin O‘zbekiston orqali Xitoyni Yevropa bilan bog‘lanadigan transport koridori ishga tushishi mumkin. 2019-yil oxiriga qadar O‘zbekistonda elektrlashtirilgan temir yo‘llar hajmi34% dan 51 %ga yetishi kerak.

Yangiliklar lentasi
0