Germaniya elchixonasi rasmlar tanlovini e’lon qildi

© Sputnik / Valeriy Shustov / Mediabankka o‘tishNemis elchixonasi rasmlar tanlovi
Nemis elchixonasi rasmlar tanlovi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kelgusi yili nemis-o‘zbek diplomatik munosabatlari o‘rnatilganligiga 25-yil to‘lishi munosabati bilan Germaniya elchixonasi ushbu mavzuda rasmlar tanlovini o‘tkazmoqda

TOShKENT, 16 noya — Sputnik. Kelgusi yilda Germaniya va O‘zbekiston o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 25-yilligini nishonlaydi. Shu munosabat bilan Germaniya elchixonasi mazkur mavzuga bag‘ishlangan rasmlar tanlovini e’lon qildi, deb xabar qilindi elchixona saytida.

Rasmlarda sport, madaniyat, urf-odat va an’analar, o‘qish, atrof-muhit, adabiyot, iqtisodiyot, kelajak, texnika, moda kabi turli sohalarga oid taassurotlar tasvirlanishi mumkin.

Lekin tashkilotchilar rasmlarda nemis va o‘zbek bayroqlari yoki do‘stona qo‘l siqish tasvirlari bo‘lmasligini, qatnashchilar o‘z fantaziyalarini ishga solishlarini so‘ramoqda.

Rasmlarni elchixonaning ku-101@tasc.diplo.de elektron pochtasiga 2016-yil 17-noyabr soat 12.00gacha jo‘natish lozim. Rasmlar yuqori o‘lchovga ega bo‘lishi kerak (maks. 4 MB). Qatnashchilar o‘z ismlari, yoshi va elektron manzillarini ko‘rsatishlari shart.

Bundan tashqari, rasmning aslini ham Toshkentdagi Germaniya elchixonasiga: Toshkent shahri, Sharof Rashidov ko‘chasi, 15-uyga jo‘natish mumkin (ko‘rsatilgan muddatdan keyin jo‘natilsa ham bo‘ladi).

Eng yaxshi deb topilgan rasmlar "Nemis-o‘zbek diplomatik munosabatlari o‘rnatilganligiga 25-yil" deb nomlangan 2017-yil kalendariga kiritiladi.

Yangiliklar lentasi
0