O‘shda Farg‘ona Savdo-Iqtisodiy Forumi bo‘lib o‘tadi

Obuna bo‘lish
Forum ishtirokchilarga o‘z mahsulotlarining yanada kengroq tarqalishi, Farg‘ona vodiysi, YeOII va YeI davlatlari bozorlariga chiqishlari uchun imkoniyat beradi

TOShKENT, 16 noya – Sputnik. Qirg‘izistonning O‘sh shahrida 17-noyabr kuni Farg‘ona vodiysi viloyatlari tadbirkorlari ishtirokida Farg‘ona Savdo-Iqtisodiy Forumi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Xalqaro biznes va texnologiyalar assotsiatsiyasi ma’lum qildi.

Farg‘ona Savdo-Iqtisodiy Forumi Farg‘ona vodiysi tadbirkorlari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistonning Farg‘ona vodiysidagi viloyatlari iqtisodiy salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

Tadbirdan maqsad vodiydagi tadbirkorlarning imkoniyatlarini aniqlash va ular ishlab chiqargan mahsulotlarni o‘zaro hamkorlik orqali Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston hamda YeOII va YeI davlatlariga eksport qilishdir.

Tojikiston - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik va tojikistonlik tadbirkorlar hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ymoqda

Mazkur forum Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistonning davlat tuzilmalari, biznes-hamjamiyatlari, xalqaro va mahalliy tashkilotlari jam bo‘ladigan maydondir. Forum doirasida har bir mamlakatning savdo-iqtisodiy imkoniyatlari va tadbirkorlarning hududlararo samarali hamkorligi muhokama qilinadi.
Forum ishtirokchilarga o‘z mahsulotlarining yanada kengroq tarqalishi, Farg‘ona vodiysi, YeOII va YeI davlatlari bozorlariga chiqishlari uchun imkoniyat beradi.

Mazkur yo‘nalishdagi muhim vazifalardan biri V2V shaklidagi forum o‘tkazish orqali Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston tadbirkorlari o‘rtasida aloqa o‘rnatish, shuningdek, tadbirkorlarga o‘z savdo va bizneslarini rivojlantirish uchun hamkor topishda ko‘mak berishdir. Forum bilan bir qatorda ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlari ko‘rgazmasi ham bo‘lib o‘tadi.

Xalqaro biznes va texnologiyalar assotsiatsiyasi vakili Hamid Yangiboyevning ma’lum qilishicha, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari tadbirkorlari Andijon shahridan O‘shga jo‘nab ketishadi. Tadbir qatnashchilarini O‘sh shahri meriyasi va Savdo-sanoat palatasi vakillari kutib olishadi.

Yangiliklar lentasi
0