O‘zbekiston Seuldagi hamkorlik forumida ishtirok etdi

© MID Uzbekistana"Koreya Respublikasi – Markaziy Osiyo" 10-forumi
Koreya Respublikasi – Markaziy Osiyo 10-forumi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tadbir doirasida "elektron hukumat" va qishloq xo‘jaligi sohalaridagi hamkorlik bo‘yicha mavzulashgan sessiyalar bo‘lib o‘tdi

TOShKENT, 16 noya — Sputnik. Seul shahrida tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlari darajasida hamkorlik bo‘yicha "Koreya Respublikasi — Markaziy Osiyo" 10-forumi bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi O‘zbekiston TIV matbuot xizmati. Unda O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi ham ishtirok etdi.

Forumda Koreya Respublikasi va Markaziy Osiyoning besh mamlakati vakillari ko‘p tomonlama hamkorlikning holati va uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.

Janubiy Koreya - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston “Koreya Respublikasi- Markaziy Osiyo” forumida ishtirok etadi

Ta’kidlanganidek, mazkur forum tashkil qilinganidan buyon o‘tgan 10-yil davomida savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, innovatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda Koreya Respublikasi va Markaziy osiyo davlatlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash va rivojlantirish masalalarini ko‘rib chiqish uchun samarali maydonga aylandi.

Forumda diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 25-yilligi va Markaziy Osiyoda koreyslar yashayotganining 80-yilligi munosabati bilan Janubiy Koreya tomonining 2017-yilni "Koreya Respublikasi — Markaziy Osiyo" madaniy almashinuv yili deb nomlash to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi.

Tadbir doirasida "elektron hukumat" va qishloq xo‘jaligi sohalaridagi hamkorlik bo‘yicha mavzulashgan sessiyalar bo‘lib o‘tdi.

Majlis yakunlariga ko‘ra deklaratsiya qabul qilindi hamda 2017-yildan boshlab hamkorlik bo‘yicha "Koreya Respublikasi — Markaziy Osiyo" forumi kotibiyati ish boshlashi e’lon qilindi.

Yangiliklar lentasi
0