Latviya prezidenti mamlakat iqtisodi yo‘qligini tan oldi

Obuna bo‘lish
Latviyaning tashqi qarzi oxirgi o‘n yil ichida besh baravar oshdi. Qarz miqdori 1,5 mlrd yevrodan 9,5 mlrd yevroga yetdi.

TOShKENT, 17 noya – Sputnik. Latviya prezidenti Raymond Veyonis Diena gazetasiga bergan intervyusida mamlakat o‘z iqtisodiga ega emasligini tan oldi, deb yozadi RIA Novosti. 

“YeI ajratgan fonlar tugashi bilan biz mamlakat YaIMning keskin pasayishi guvohi bo‘lmoqdamiz. Bu esa aslida bizning mamlakat o‘z iqtisodiga ega emasligini ko‘rsatadi”, — dedi davlat rahbari intervyuda.

Siyosatchining so‘zlariga qaraganda, Latviya o‘zining 25-yillar mustaqilligi davomida davlatnig  bir qator muhim muammolarini hal qila olmadi. Ular orasida iqtisod, tibbiyot va ta’lim muammolari bor.

Prezidentning so‘zlariga qaraganda davlat boshqaruvi, budjet mablag‘laridan samarali foydalanish va tashqi moliyaviy fondlarga o‘rganib qolgan iqtisodga jiddiy o‘zgarishlar kiritish kerak. Davlat rahbari siyosatchilardan ushbu sohalarga yangiliklar olib kirishda jur’atliroq bo‘lishni talab qildi.

Eslatib o‘tamiz, Latviyaning Chet mamlakatlaridan qarzi oxirgi o‘n yil ichida besh baravar oshdi. Bu haqida Latviya Banki prezidenti Ilmar Rimshevich xabar bergan edi. Qarz miqdori 1,5 mlrd yevrodan 9,5 mlrd yevroga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, Latviya 1991-yilda mustaqillikka erishgan, 2004-yilda esa Yevropa ittifoqi va NATOga a’zo bo‘lgan edi.

Yangiliklar lentasi
0