Obama nemislarga "Merkelni qadrlanglar", deb uqdirdi

© REUTERS / Carlos BarriaAQShning amaldagi prezidenti Barak Obama
AQShning amaldagi prezidenti Barak Obama - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Men Merkel borligidan xursandman, va nemislar ham uni qadrlashlari kerak. Men har qanday holatda ham uni hamkor sifatida qadrlayman", - deb aytgan Obama

TOShKENT, 17 noya — Sputnik, Angelina Timofeyeva. RIA Novosti xabariga ko‘ra, QShning amaldagi prezidenti Barak Obama ARD telekanali hamda Spiegel nashriga bergan intervyusida "Germaniya Federativ Respublikasi kansleri Angela Merkel katta ishonch qozongan, Germaniya aholisi uni qadrlashi kerak",  deb ta’kidlagan.

AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Trampning 10 ta saylovoldi va’dasi
"U (Merkel) katta ishonch qozongan, va u o‘z qadriyatlari uchun kurashishga tayyor. Men uning borligidan xursandman va nemislar uni qadrlashlari kerak. Men har qanday sharoitda uni hamkor sifatida qadrlayman", — deb aytgan Obama.

U, shuningdek, globallashuvning odamlarga ta’sirini past baholamaslik kerakligini aytib o‘tdi.

"Modomiki, jahon iqtisodiyoti o‘zlarini ajratib qo‘ygan deb his qilgan odamlarga nisbatan hech qanday ta’sir ko‘rsatmayotgan ekan, tengsizlik o‘sib borayotgan ekan, u holda sanoati rivojlangan mamlakatlarda parchalanish holati avj olaveradi", — deb ta’kidlagan AQSh prezidenti.

Yangiliklar lentasi
0