O‘zbekistonlik 19 yoshli bola kompyuter o‘yinida 95 ming $ yutib oldi

Obuna bo‘lish
"SoNNeiko" niki ostida o‘ynaydigan 19 yoshli o‘zbekistonlik Akbar Bo‘tayev dunyoning to‘qqizinchi raqamli dotachisiga aylandi.

TOShKENT, 17 noya — Sputnik. Kundan-kunga kibersport sohasiga ko‘proq e’tibor berilib, unga katta mablag‘ safrlanmoqda. Bu borada o‘zbekistonlik kibersportchilar ham o‘zini ko‘rsatishda davom etmoqda, deb yoadi Championat.asia sahifasi.

Dota 2 bo‘yicha jahonning eng kuchli jamoalaridan biri Na'Vi (Natus Vincere) a’zosi Akbar Bo‘tayev ("SoNNeiko") hozirgi kunda sayyoramizning eng iqtidorli dotachilaridan biri hisoblanadi.

Geymerlar bahsi - Sputnik O‘zbekiston
MDH geymerlariga AQSh onlayn-o‘yinlariga kirish ta’qiqlandi

Asli Toshkentdan bo‘lgan Akbar kibersportdagi faoliyatini "Cleave Gaming" jamoasida boshlagan. Jamoaning shubhali natijalariga qaramasdan, "Empire" Bo‘tayevni o‘z safiga taklif qiladi. 2014-yilda u "Power Rangers", 2015-yilda esa Na'Vi jamoasiga o‘tadi. 

O‘sha paytda Na'Vi omadsizliklarni boshidan o‘tkazayotgan edi va Akbar jamoaga yangi havo olib kirishga harakat qildi. Ammo 2015-yilning oktabr oyida Na'Vi jamoasi tarkibi yangilandi, lekin hamurtimiz o‘z joyini saqlab qoldi. Bir qancha vaqt 19 yoshli kibersportchimiz jamoa sardori vazifasini ham bajarib turdi.

Akbar Bo‘tayev turli turnirlarda hozirgacha 95 756 dollar ishlab topgan. Akbar bir necha kun oldin Dota 2 reytingida dunyoning to‘qqizinchi raqamli dotachisiga aylandi. MDH mamlakatlari orasida faqat rossiyalik kibersportchi undan bir necha pog‘ona tepada.

Yangiliklar lentasi
0