TOSHKENT, 18 noya — Sputnik. 19 noyabrdan Oʻzbekistonda quruq va sovuq havo kuzatiladi, deb xabar qilmoqda kun.uz nashri.
Maʼlumotlarga koʻra, 19 noyabrdan 21 noyabrga qadar mamlakat boʻylab yomgʻir va qor yogʻishi kutiladi. Shamol tezligi sekundiga 17-22 metrga yetadi.
21 noyabr kuni havo harorati Tselsiy boʻyicha kechasi −2…−7 darajagacha, kunduzi esa −2…+3 gacha tushib ketadi.
Shimoliy hududlarda esa havo darajasi kechasi −13…−18 gacha, kunduzi −3…−8 darajagacha pasayadi.
Quruq va sovuq havo 27 noyabrga qadar davom etishi kutilmoqda.