Madaniyat

Kseniya Sobchak oʻgʻilli boʻldi

© Sputnik / Mixail Mokrushin / Mediabankka oʻtishMaksim Vitorgan va Kseniya Sobchak
Maksim Vitorgan va Kseniya Sobchak - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Rossiyaning mashhur teleboshlovchisi Kseniya Sobchak ilk bor ona boʻldi

TOSHKENT, 18 noya — Sputnik. Teleboshlovchi Kseniya Sobchak 18 noyabr kuni oʻgʻil chaqaloqni dunyoga keltirdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti. Sobchak bu yangilik haqida oʻzining Instagrammdagi sahifasida maʼlum qilgan.

Sobchakning soʻzlariga koʻra, oʻgʻli dunyoga kelgan kun u uchun dunyodagi eng baxtli kun boʻldi.

 

"18.11.16 endi men uchun eng baxtli kun. Men ajoyib oʻgʻilning onasiman", — deb yozgan teleboshlovchi oʻz surati tagida. Kseniya Sobchak yangi tugʻilgan oʻgʻlining rasmini hozircha ommaga eʼlon qilgani yoʻq.

Eslatib oʻtamiz, 2013 yilda Kseniya Sobchak aktyor Maksim Vitorganga turmushga chiqqan edi. 35 yoshli teleboshlovchi ilk bor onalik baxtiga muyassar boʻlgan boʻlsa, 44 yashar Vitorgan uchun bu uchinchi farzanddir.

 

Yangiliklar lentasi
0