Mirziyoyev va Erdo‘g‘on 2 soatu 40 minut davomida yuzma-yuz muloqot qildi

© Ofitsialniy sayt prezidenta TursiiTurkiya prezidentining O‘zbekistonga tashrifi
Turkiya prezidentining O‘zbekistonga tashrifi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdog‘on Samarqandda O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi, bosh vazir Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuv o‘tkazdi

TOShKENT, 18 noya — Sputnik. Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on Samarqandda O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi, bosh vazir Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Turkiya prezidentining O‘zbekistonga tashrifi - Sputnik O‘zbekiston
Erdo‘g‘on Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdi
Siyosatchilarning prezident qarorgohida yuzma-yuz muloqoti 2 soatu 40 daqiqa davom etdi, deb xabar qilmoqda Anadolu agentligi.

Shundan so‘ng rahbarlar Turkiya va O‘zbekiston delegatsiyalari ishtirokidagi rasmiy tushlikda bo‘lishgan.

Turkiya prezidenti Erdo‘g‘onga safar davomida bosh vazir o‘rinbosarlari Veysi Kaynak va Turgul Turkesh, HK Bosh shtabi rahbari general Xulusi Akar, Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushoglu, Iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi hamda energetika va tabiiy resurslar vaziri Berat Albayrak hamrohlik qilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0