TOSHKENT, 18 noya — Sputnik. Oʻzbekiston va Tojikiston temir yoʻl transporti qatnovini qayta tiklashi mumkin, deb xabar bermoqda Sputnik Tojikiston nashri.
29 Sentyabr 2016, 17:39
"Yaqin kelajakda Oʻzbekistonning markaziy qismini Fargʻona vodiysi bilan bogʻlovchi, Tojikiston hududidan oʻtadigan temir yoʻl uchastkasi qismi qayta ishga tushirilishi mumkin. Yuk tashish trafikining qayta tiklanishi ikkala davlat manfaatlariga xizmat qiladi", — deb taʼkidlangan xabarda.
Bundan tashqari, 2011 yilda taʼmirga muhtojligi bahonasida Oʻzbekiston hukumati tomonidan buzilgan "Termiz-Qoʻrgʻon-Tepa uchastkasida ham temir yoʻl transporti qatnovi qayta tiklanishi ehtimoli mavjudligi aytilmoqda.
Soʻnggi vaqtlarda Oʻzbekiston va Tojikiston munosabatlari ancha iliqlashgani yaqqol namoyon boʻlmoqda.
Ilgariroq Oʻzbekiston va Tojikiston suv-energetika resurslari masalalarini muhokama qilgani, uchrashuvda mintaqada suv-energetika resurslaridan oqilona foydalanish masalalari boʻyicha oʻzbek-tojik munosabatlari yuzasidan fikr almashilgani haqida xabar bergan edik.