TOSHKENT, 18 noya — Sputnik. Kelgusi yil uchun kvotalar miqdori oʻtgan yilgiga nisbatan 11,9 %gaga qisqartirilgan, deb xabar qilmoqda RIA Novosti nashri.
"2017 yil uchun chet el fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga beriladigan vaqtinchalik yashash uchun beriladigan ruxsatnomalar kvotasi 110 880 ta etib belgilansin. Kvotalar ilovaga muvofiq Rossiya Federatsiyasi subʼyektlariga taqsimlansin", — deyiladi Rossiya Vazirlar Mahkamasi saytida eʼlon qilingan xabarda.
Eslatib oʻtamiz, 2016-yil uchun ruxsatnomalar kvotasi miqdori 125,9 mingni tashkil qilar edi.
Hujjat migratsiya jarayonlarini tartibga solish samaradorligini oshirishga qaratilgan.