TOSHKENT, 18 noya — Sputnik. Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe Donald Tramp bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvdan soʻng AQShning yangi saylangan prezidenti — ishonsa boʻladigan rahbar, ekanligini maʼlum qilgan, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Abening chiqishi NHK telekompaniyasi tomonidan translyatsiya qilingan.
"AQSH va Yaponiya oʻrtasidagi harbiy Ittifoq yuzasidan Trampdan biror aniq vaʼda olishga muvaffaq boʻldingizmi?", degan savolga Abe quyidagicha javob qaytargan: "Ittifoq — ishonch boʻlsagina ish berishi mumkin. Keyingi prezident etib saylangan Tramp — ishonsa boʻladigan yetakchi ekanligiga amin boʻldim".
Tramp oʻzining saylovoldi kampaniyasi davomida ittifoqchilik majburiyatlarini qayta koʻrib chiqish tarafdori ekanligini maʼlum qilib, taʼminotning kattagina qismini Yaponiya oʻz zimmasiga olishi lozim, degan fikrda ekanligini maʼlum qilgan edi.
Eslatib oʻtamiz, 45-AQSH prezidentining inauguratsiyasi 20 yanvarga belgilangan.