TOSHKENT, 18 noya — Sputnik. Yongʻin xavfsizligi oyligining dastlabki haftasidagi tekshiruvlar natijalariga koʻra, temir yoʻl tizimidagi korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlariga 531ta banddan iborat tavsiyalar maʼlumotnomasi topshirildi. Bu haqda "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ saytida maʼlum qilindi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga koʻra, joriy yilning 10 noyabridan 2017 yilning 10 yanvariga qadar respublika hududida yongʻin xavfsizligi oyligi oʻtkazilmoqda.
Tadbirning dastlabki haftasi mobaynida temir yoʻl tizimidagi korxona, tashkilot va muassasalarning 53tasida nazorat tartibidagi tekshiruvlar hamda 3tasida rejali yongʻin profilaktika koʻriklari oʻtkazildi hamda 531ta banddan iborat tavsiyalar maʼlumotnomasi tuzilib, obʼyektlar rahbarlariga topshirildi. Temir yoʻl stantsiyalarida olib borilgan profilaktik tadbirlar davomida harakatdagi 12ta elektrovoz, teplovoz, 145ta yuk vagoni, 32ta yoʻlovchi poyezdlari, 254ta tsisternalarning yongʻinga qarshi holati tekshirib chiqildi.
Tekshiruv natijalari haqidagi maʼlumot rahbariyatga yetkazildi. Joylarda yongʻin xavfsizligi borasida ishchi-xizmatchilar bilan tushuntirish ishlari olib borildi.