"Islom davlati" yangi teraktlarni tayyorlamoqda - Niderland davlatlari maxsus xizmati

© AP Photo / albaraka_news, FileIslom davlati terrorchilik uyushmasi jangarilari
Islom davlati terrorchilik uyushmasi jangarilari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Islom davlati" jangarilari maktublarda o‘z tarafdorlaridan Suriya va Iroqqa kelmaslikni, balki Yevropada teraktlar uyushtirishni so‘rashmoqda, deb ta’kidladi Niderland davlatlarining terrorchilikka qarshi kurash masalalari bo‘yicha koordinatori Dik Sxoof

TOShKENT, 19 noya — Sputnik. "Islom davlati" terrorchilik uyushmasining Yevropadagi jangarilari soni 60 — 80 nafarni tashkil etadi. Ular hujumga tayyorgarlik ko‘rishmoqda, deb xabar qilgan Niderland davlatlarining terrorchilikka qarshi kurash masalasi bo‘yicha koordinatori. RIA Novosti xabari asosida.

Islom davlati terrorchilik uyushmasi bayrog‘i - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda terrorchilar ro‘yxati tuziladi
"Islom davlati" jangarilari maktublarda o‘z tarafdorlaridan Suriya va Iroqqa kelmaslikni, balki Yevropada teraktlar uyushtirishni so‘rashmoqda, deb ta’kidladi Niderland davlatlarining terrorchilikka qarshi kurash masalalari bo‘yicha koordinatori Dik Sxoof.

Sxoofning so‘zlariga qaraganda, so‘nggi olti oy ichida Suriya va Iroqda "chet ellik jangarilar" soni ortmagani aynan shu tufaylidir. "Ammo, bormaganlar tufayli xavf darajasi pasaydi degani emas", — deb qo‘shimcha qildi u.

Sxoof bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Iroq va Suriyada Yevropadan kirib kelgan "xorijlik jangarilar" soni taxminan 4-5 ming kishini tashkil etadi.

Yangiliklar lentasi
0