Siyosat

Mirziyoyev va Erdoʻgʻon uchrashuvi: ikki rahbar nimalarga kelishib oldi?

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻzbekiston va Turkiyaning oʻz oldiga qoʻyayotgan maqsadlariga erishish uchun kelasi yil boshida Toshkent shahrida Hukumatlararo qoʻshma komissiyaning navbatdagi majlisini oʻtkazishga, uning doirasida Oʻzbekiston – Turkiya sarmoyaviy forumini tashkil qilishga kelishib olindi

TOSHKENT, 19 noya — Sputnik. 17-noyabr kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdoʻgʻon Samarqand shahriga tashrif buyurgani haqida xabar qilgan edik.

Eslatib oʻtamiz, Turkiya prezidenti 16-noyabr kuni Pokistonda boʻlgan edi. Parvoz oldidan Anqara xalqaro aeroportida matbuot vakillari bilan uchrashuv oʻtkazgan Turkiya prezidenti "Biz oʻzbek birodarlarimiz bilan munosabatlarning yangi sahifasini ochishni istaymiz" deb taʼkidlagan.

Rossiya Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutining katta ilmiy xodimi Vladimir Ahmedov Sputnik Oʻzbekistonga Erdoʻgʻonning ushbu tashrifi Turkiya yetakchisining mamlakat geosiyosiy mavqeini mustahkamlash istagi bilan bogʻliq, deya fikr bildirgan edi. "Erdoʻgʻon Turkiyaning ichki muammolarini faol tashqi siyosat evaziga yopishi lozim. U Iroqda, Suriyada faol harakat qilmoqda va Oʻzbekiston bilan aloqalarni tiklash istagida", — deb taʼkidlagan edi ekspert.

Xoʻsh, aslida-chi? Erdoʻgʻon Oʻzbekistonning muvaqqat prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan oʻtkazgan muzokaralarida nimalar xususida kelishishga muvaffaq boʻldi? Oʻzbekiston TIV matbuot-xizmatining bu boradagi axborotini eʼtiboringizga havola qilamiz.

Hurmat bajo keltirildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdoʻgʻon 18-noyabr kuni Hazrati Hizr majmuiga tashrif buyurib, Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti qabrini ziyorat qildilar va Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdilar. Islom Karimov ruhi pokiga Qurʼon tilovat qilindi.

Turkiya prezidentining Oʻzbekistonga tashrifi - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Erdoʻgʻon Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdi

Shundan soʻng Samarqand shahridagi Forumlar majmuasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev bilan Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdoʻgʻon oʻrtasida muzokara boʻlib oʻtdi.

Shavkat Mirziyoyev Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov vafoti munosabati bilan samimiy hamdardlik yoʻllagani uchun Turkiya Prezidentiga minnatdorlik bildirdi. Rajab Toyib Erdoʻgʻon Samarqandga tashrif buyurib, Yurtboshimizning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirgani Oʻzbekiston xalqiga yuksak ehtirom ifodasidir.
Ushbu tashrif Turkiyada Oʻzbekiston bilan munosabatlarni rivojlantirishga katta ahamiyat berilishidan dalolat ekani qayd qilindi.

Turkiya Oʻzbekiston mustaqilligini birinchilar qatorida tan olgan

Oʻzbek va turk xalqlari koʻp asrlik umumiy tarix, yagona til va din, mushtarak qadriyatlar va oʻxshash urf-odatlar bilan bir-biriga chambarchas bogʻlangan.

Turkiya prezidentining Oʻzbekistonga tashrifi - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Mirziyoyev va Erdoʻgʻon 2 soatu 40 minut davomida yuzma-yuz muloqot qildi
Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston Turkiyaga oʻzining muhim va uzoq muddatli hamkori sifatida qarashini, xalqlarimiz oʻrtasidagi doʻstlik rishtalarini mustahkamlash, hamkorlikni oʻzaro ishonch tamoyillari asosida rivojlantirish tarafdori ekanini qayd etdi.

Rajab Toyib Erdoʻgʻon Turkiya Oʻzbekistonni Markaziy Osiyodagi ustuvor sherik deb bilishini, mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy barqarorligi va iqtisodiy taraqqiyoti izchil davom etishiga ishonchi komil ekanini alohida taʼkidladi.

Ikki mamlakatning bugungi munosabatlari Oʻzbekiston va Turkiyaning imkoniyat va salohiyatiga mos emasligi, ushbu uchrashuv hamkorlikning yangi sahifalarini ochish masalalari yuzasidan batafsil fikr almashish uchun qulay imkoniyat ekani qayd etildi.

Muzokarada Oʻzbekiston bilan Turkiya oʻrtasidagi oʻzaro ishonch muhitini mustahkamlash masalasi muhokama qilinib, tashqi siyosat mahkamalari oʻrtasida muntazam maslahatlashuvlar tashkil qilish, xalqaro tashkilotlar doirasida bir-birini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida fikr almashildi.

Oʻzbekiston Islom hamkorlik tashkiloti faoliyati doirasida Samarqandda Imom Buxoriy xalqaro tadqiqotlar markazini taʼsis etish taklifini ilgari surdi. Tomonlar IHTning Turkiyadagi Islom tarixi, sanʼati va madaniyati tadqiqotlari markazi bu tashabbusni qoʻllab-quvvatlaganidan mamnuniyat izhor qildilar.

Suhbat chogʻida savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalari ham atroflicha muhokama qilindi.

Turkiya Oʻzbekistonning anʼanaviy va muhim savdo sheriklaridan biridir. 2015-yilda oʻzaro savdo hajmi 1,2 milliard AQSH dollarini tashkil etdi. Bu boradagi oʻsish surʼatlari joriy yilda ham saqlanib qolishi kutilmoqda. Lekin tomonlar qayd qilganidek, bu raqamlar mamlakatlarimiz salohiyatini aks ettirmaydi. Bu miqdorni yaqin yillar ichida 2-3-marta oshirish uchun yetarli imkoniyatlar mavjudligi taʼkidlandi.

© Ofitsialnыy sayt prezidenta TurtsiiVizit prezidenta Turtsii v Uzbekistan
Vizit prezidenta Turtsii v Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston
Vizit prezidenta Turtsii v Uzbekistan

Hozirgi kunda Oʻzbekistonda Turkiyaning 500 ga yaqin firma va kompaniyalari faoliyat yuritmoqda. Mamlakatimiz iqtisodiyotiga jalb qilingan Turkiya sarmoyasi hajmi 1 milliard dollardan oshadi.

Suhbat chogʻida ushbu tashrif ikki mamlakat ishbilarmon doiralari oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlikka yangi surʼat baxsh etishiga ishonch bildirildi.

Tomonlar qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va chuqur qayta ishlash, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash, qadoqlash, qayta ishlash va eksport qilish boʻyicha majmualar barpo etishga, toʻqimachilik va terini qayta ishlash sanoatida zamonaviy qoʻshma korxonalar yaratishga, xususan, birgalikda paxta tolasi va teri xomashyosini chuqur qayta ishlash orqali tayyor brendli mahsulotlarni tashqi bozorlarga chiqarishni yoʻlga qoʻyish, farmatsevtika sohasida hamkorlikka oid yangi loyihalar tuzish va amalga oshirish masalalarini koʻrib chiqdilar.

Turkiya prezidenti Oʻzbekistonga tashrif buyurdi - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Erdoʻgʻon Mirziyoyevga saylovlarda omad tiladi
Turkiyaning yetakchi turistik kompaniyalarini jalb etgan holda Oʻzbekistonda sayyohlik infratuzilmasini yanada rivojlantirish, Samarqand, Buxoro, Xorazm va Toshkent viloyatlarida xalqaro talablarga mos zamonaviy sayyohlik majmualari barpo etish masalalari muhokama qilindi.

Transport kommunikatsiyalariga ham alohida eʼtibor qaratildi. "Boku – Axalkalaki – Qars" temir yoʻlining ishga tushirilishi ikki mamlakatni bir-biri bilan bogʻlaydigan toʻgʻridan-toʻgʻri transport yoʻlagini yaratishdek strategik ahamiyatga ega masalani hal etishda, binobarin, savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishda muhim omil boʻlishi qayd etildi.

Muhokama qilingan masalalardan kelib chiqqan holda, Oʻzbekiston va Turkiyaning oʻz oldiga qoʻyayotgan maqsadlariga erishish uchun kelasi yil boshida Toshkent shahrida Hukumatlararo qoʻshma komissiyaning navbatdagi majlisini oʻtkazishga, uning doirasida Oʻzbekiston – Turkiya sarmoyaviy forumini tashkil qilishga kelishib olindi.

Davlatlararo munosabatlarda madaniy-gumanitar hamkorlik alohida oʻrin tutadi. Tomonlar bu boradagi sheriklikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyib Erdoʻgʻon ushbu uchrashuv davomida erishilgan kelishuvlar ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqichga koʻtarib, oʻzaro manfaatli sohalarda hamkorlikning yangi sahifasini ochishga xizmat qilishiga qatʼiy ishonch bildirganlar.

© Kayhan Ozer, Presidential Press Service, Pool photo via APVizit prezidenta Turtsii v Uzbekistan
Vizit prezidenta Turtsii v Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston
Vizit prezidenta Turtsii v Uzbekistan

Kunning ikkinchi yarmida oliy martabali mehmon Imom Buxoriy va Imom Moturidiy yodgorlik majmualari, Amir Temur maqbarasini ziyorat qildi, Registon maydonini koʻzdan kechirgan.

Rajab Erdoʻgʻon istiqlol yillarida Prezident Islom Karimov rahnamoligida bu ezgu maskanlar tubdan qayta taʼmirlanib, mutlaqo yangi qiyofa kasb etganini alohida taʼkidlagan. Oʻzbekiston ajdodlarimizning boy maʼnaviy merosini tiklash, oʻrganish va dunyoga tanitishda yuksak natijalarga erishayotganini qayd etgan.

Shu bilan Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdoʻgʻonning mamlakatimizga tashrifi yakuniga yetgan.

Yangiliklar lentasi
0