Tojikistonning 7 nafar fuqarosi Tumen viloyatida ro‘y bergan yong‘inda halok bo‘ldi

Obuna bo‘lish
Rossiyaning Tumen viloyatida qurilish maydonchasidagi vagonchada tunda yong‘in ro‘y bergan, natijada, Tojikistonning yetti nafar fuqarosi halok bo‘lgan

TOShKENT, 19 noya — Sputnik. Tumen viloyatidagi parrandachilik fabrikasi qurilish maydonchasidagi (quruvchilarga boshpana vazifasini bajaruvchi) vagonchada ro‘y bergan yong‘in oqibatida halok bo‘lganlarning barchasi Tojikiston fuqarolaridir, deb xabar qilgan RIA Novosti nashriga regionning Favqulodda xizmatidagi manba.

Moskvada, Altufyevo ko‘chasida sodir bo‘lgan yong‘in - Sputnik O‘zbekiston
Moskva o‘t o‘chirish xizmati boshlig‘i 17 kishi qurbon bo‘lgan yong‘inga izoh berdi
Xabarga muvofiq, Tumen viloyatining Yurginskoe qishlog‘idan 7 kilometr narida joylashgan "Absolyut Agro" parrandachilik fabrikasi qurilish maydonchasida tunda kuchli yong‘in ro‘y bergan. Yong‘in maydoni 32 kvadrat metrni tashkil etgan, fojia sabablari o‘rganilayotgani aytilmoqda.

"Yetti nfar halok bo‘lgan shaxs hamda kasalxonaga yotqizilgan uch nafar jabrlanuvchi Tojikiston fuqarolari ekanligi ma’lum", — deb aytgan agentlikka suhbatdosh.

Manbaning so‘zlariga ko‘ra, yong‘in o‘sha tunning o‘zidayoq bartaraf etilgan.

Eslatib o‘tamiz, Moskva shahrida avgust oyi oxirida tipografiyada ro‘y bergan katta yong‘in oqibatida Qirg‘izistonning 14 nafar fuqarosi (yosh ayollar) halok bo‘lgan edi.

Yangiliklar lentasi
0