O‘zbekiston va Novosibirsk tekstil sohasida hamkorlik qiladi

Obuna bo‘lish
Tez orada novosibirsklik va o‘zbekistonlik biznes hamjamiyati vakillari o‘rtasida dastlabki kelishuvlarni imzolashadi

TOShKENT, 21 noya — Sputnik. O‘zbekiston va Novosibirsk viloyati o‘rtasida ikki tomonlama o‘zaro manfaatli hamkorlik, xususan tekstil sanoati, meva-sabzavot mahsulotlari yetkazib berish va turizm biznesi sohalarini yanada rivojlantirishning ijobiy istiqbollari paydo bo‘ldi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimining o‘rinbosari Fazlitdin Otayev ma’lum qildi.

U Novosibirsk viloyatiga qilgan tashrifi davomida viloyat gubernatorining o‘rinbosari Yuriy Petuxov bilan uchrashuvi chog‘ida shunday fikr bildirdi, deb xabar beradi viloyat hukumati matbuot xizmati.

Meva va sabzavotlar rastasi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Rossiya supermarketlariga 117million $lik meva yetkazib beradi

Tadbirda shuningdek O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasining savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Otabek Boboyev ham ishtirok etdi.

Uchrashuv qatnashchilari hamkorlikning kelgusi istiqbollari borasida fikr almashdilar. Tez orada novosibirsklik va o‘zbekistonlik biznes hamjamiyati vakillari o‘rtasida dastlabki kelishuvlarni imzolashga qaror qilindi. 

O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasida Rossiyaning asosiy savdo hamkorlaridan biri hisoblanadi. Rossiya bilan o‘zaro savdo hajmi bo‘yicha O‘zbekiston MDHda to‘rtinchi o‘rinda turadi. O‘zbekiston importida Rossiya birinchi o‘rinda turadi.

Yangiliklar lentasi
0