Toshkent yo‘llaridagi vaziyat o‘nglanmoqda

© Sputnik / StringerToshkentda qor
Toshkentda qor - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Aksariyat haydovchilar bunday ob-havo sharoitida mashinalarini uyda qoldirishni ma’qul ko‘rishmoqda

TOShKENT, 22 noya — Sputnik. Poytaxt hokimiyati Toshkentdagi markaziy yo‘llarning katta qismini hamda Kichik halqa yo‘lini tartibga keltirdi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Hozirda yo‘llardagi vaziyat meyoriy holatga qaytmoqda, avtomobillarning o‘rtacha tezligi soatiga 60-70 kilometrga oshdi. Biroq markaziy ko‘chalar, tunnellar va halqa yo‘li muzlamadan butkul tozalangan bo‘lsa-da, mavze va mahallalari ichidagi yo‘llar hozircha yaxmalakligicha qolmoqda.

Toshkentda marshrutka yo‘ldan chiqib ketdi - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda muzlama sababli yo‘lovchi marshruti yo‘ldan chiqib ketdi

Tushga borib harorat ko‘tarilishi sababli vaziyat yaxshi tomonga o‘zgarishi kerak. Baribir aksariyat haydovchilar bunday ob-havo sharoitida mashinalarini uyda qoldirishni ma’qul ko‘rishmoqda va bu shahardagi ko‘chalarda tirbandlik yuzaga kelmasligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Taksichilar esa paytdan foydalanib yo‘l kira haqini ikki-uch baravarga oshirib olishdi. Masalan, Qo‘ylik bozoridan Shimoily vokzalgacha yo‘lovchilardan 20 ming so‘m so‘rashmoqda.

Yangiliklar lentasi
0