O‘zbekiston va MDH investorlari Dubayda deyarli 4 mlrd $ga mulk sotib olishdi

© Sputnik / Vladimir Vatkin / Mediabankka o‘tishDubay
Dubay - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rus tilida so‘zlashuvchi mamlakatlar fuqarolari tomonidan Dubaydagi ko‘chmas mulklarga bo‘lgan talab oshib borayotganligi sababli rus tilida so‘zlashuvchi mijozlar uchun maxsus xizmatlar joriy etish rejalashtirilmoqda

TOShKENT, 22 noya — Sputnik. Rossiya, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Ukraina, Turkmaniston, Tojikiston, Belorussiya, Armaniston, Qirg‘iziston va moldaviyalik xususiy investorlar Dubayda keyingi uch yilda 3,8 milliard dollarlik ko‘chmas mulk sotib olishdi, deb xabar berdi RIA Novosti amirlik-shahardagi yer departamenti matbuot xizmatiga asoslanib.

Dubaydagi ko‘chmas mulklarga o‘tgan vaqt davomida bu mamlakatlardan jami 6 mingga yaqin kishi investitsiya kiritdi, deyiladi xabarda.

Dubay yer departamenti investitsiya bo‘limi vakili Majid Ali Rashidning aytishicha, "rus tilida so‘zlashuvchi mamlakatlar fuqarolari tomonidan Dubaydagi ko‘chmas mulklarga bo‘lgan talab oshib bormoqda". Shu munosabat bilan rus tilida so‘zlashuvchi mijozlar uchun maxsus xizmatlar joriy etish rejalashtirilmoqda.

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) – sobiq SSSRning aksariyat respublikalarining davlatlararo birlashmasi. MDH tarkibiga Rossiya, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Ukraina, Turkmaniston, Tojikiston, Belorussiya, Armaniston, Qirg‘iziston, Moldaviya kiradi.

Yangiliklar lentasi
0