Hodisalar

Istanbulda Oʻzbekistonlik shohid-terrorchi qoʻlga olindi

© Sputnik / Igor ZaremboJinoyatchining qoʻlga olinishi
Jinoyatchining qoʻlga olinishi - Sputnik Oʻzbekiston
Istanbulda qoʻlga olingan Oʻzbekiston va Tojikiston fuqarolarining ismi-sharifi shohid-terrorchilar roʻyxatiga kiritilgan boʻlgan, deb xabar qilmoqda RIA Novosti

TOSHKENT, 23 noya — Sputnik. Turkiya hukumati maxsus operatsiya davomida shohid-terrorchi sifatida gumonlanayotgan ikki shaxsni qoʻlga oldi, ular Tojikiston va Oʻzbekiston fuqarolaridir, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Yeni Safak nashriga tayangan holda.

"Qoʻlga olinganlar "Islom davlati" terrorchilik uyushmasi aʼzosi boʻlishgan", — deyilgan xabarda.

Taʼkidlanishicha, qoʻlga olinganlar Turkiya orqali Suriyaga oʻtib ketishni moʻljallaganlar. Ular sud tomonidan hibsga olingan.

Ular bilan birgalikda yana bir Oʻzbekiston va Ozarbayjon fuqarolari qoʻlga olingan boʻlib, ular tez kunda Turkiyadan deportatsiya qilinishi aytilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala