New York Post: Tramp OAV rahbarlarini "tuzladi"

© Sputnik / Kevin Dauns / Mediabankka o‘tishDonald Tramp
Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uchrashuvda NBC, CNN, CBS, Fox News va MSNBC kompaniyalarining birinchi shaxslari bo‘lgan

TOShKENT, 23 noya — Sputnik. AQShning yangi saylangan prezidenti bilan uchrashuv amerikalik mediamenejerlar uchun "haqiqiy dahshat" bo‘ldi, deb xabar berdi The New York Post o‘z  manbasiga tayanib. Bu haqda RIA Novosti ma’lum qilmoqda.

"Televideniyelar rahbarlari va teleboshlovchilar prezident ma’muriyatiga kirish imkoniyatlarini muhokama qilish uchun kelishgandi, ular buning o‘rniga Trampning kaltagiga duch keldilar", — deb yozadi gazeta nomini oshkor qilishni istamagan manbaga asoslanib.

Donald Tramp, o‘g‘li Barron va rafiqasi Melanya - Sputnik O‘zbekiston
OAV: Tramp va uning oilasini qo‘riqlash uchun kuniga 1 mln $ sarflanmoqda

Manbaning aytishicha, uchrashuvda 30-40 kishi qatnashgan. Ular orasida NBC, CNN, CBS, Fox News va MSNBC kompaniyalarining birinchi shaxslari bo‘lgan.

"Biz hozir yolg‘onchi, barcha narsada adashgan sotqin va noxolis OAV vakillari bilan liq to‘la xonada turibmiz", degan Tramp. Bu so‘zlar barcha tashrif buyuruvchilarga qarata aytilgan. U CNN Worldwide prezidenti Jeff Sukerga murojaat qilgan va "CNN — bu yolg‘onchilar tarmog‘iligini, u yerda hamma yolg‘on gapirishini aytgan", — dedi nashrning yana bir manbasi.

Tramp jamoasi esa o‘z navbatida Amerikadagi yirik teletarmoqlar rahbarlari bilan uchrashuv "yuqori darajada" o‘tganligini bildirdi.

"Bu biz ikki kun ichida tashkillashtira olgan ajoyib uchrashuv bo‘ldi", — degan spiker Kellien Konuey.

Yangiliklar lentasi
0