Dunyoda

Putin: Murakkab sharoitga qaramay, fan sohasida tejamkorlik qilmasligimiz kerak

23 noyabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Fan va taʼlim boʻyicha Kengash majlisini oʻtkazdi. Majlisda Rossiyani ilmiy va texnologik jihatdan rivojlantirish strategiyasi loyihasi koʻrib chiqildi

TOSHKENT, 23 noya — Sputnik. Rossiya prezidenti fundamental fanda tejamkorlik qilmaslikka chaqirdi. "Chunki bu kelajakda mamlakatni oqsoqlantirishi mumkin, ilm-fanni moliyalashtirish hajmi YAIM foizida saqlanib qolishi kerak", — deya tushuntirdi Vladimir Putin. RIA Novosti xabari asosida.

"Murakkab sharoitga qaramay, fundamental fanlarga qilinadigan harajatlar darajasini YAIM foizida saqlab qolish lozim. Bugun shu yerda iqtisod qilib, biz, shak-shubhasiz, ertaga ortda qolishimiz mumkin. Biz esa bunga yoʻl qoʻya olmaymiz. Shu bois, yaqin ikki-uchda fundamental ilmni YAIM foizida saqlab qolish uchun byudjet mablagʻlari bilan bir qatorda nodavlat mablagʻlarni ham yoʻnaltiramiz", — deb taʼkidladi Putin Kremlda oʻtgan majlis davomida.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala