Saudiya Arabistonida Ka’bani masxaralagan hindistonlik qo‘lga olindi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishMakka
Makka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Saudiya Arabistoni politsiya xizmati muqaddas Ka’bani masxaralagani uchun Hindistonlik emmigrantni qo‘lga oldi

TOShKENT, 23 noya — Sputnik. Saudiya Arabistonida Ka’bani masxaralagan hindu qo‘lga olindi, deb xabar tarqatmoqda RIA Novosti.

Makka - Sputnik O‘zbekiston
Ka’bai muazzamaga yangi ka’bapo‘sh yopildi
"Saudiya Arabistoni politsiyasi Ka’bani tahqirlagani uchun hindistonlik emmigrantni qo‘lga oldi", — deyilgan xabar matnida.

Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, gumonlanuvchi Ka’ba ustiga Budda suratini qo‘ygan va bu harakatni fotosuratda muhrlab, suratni Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida chop etgan.

"Mintaqa tergov organi muqaddas qadamjomizni masxaralashda gumon qilinayotgan shasxni ushlab, hibsga olishga muvaffaq bo‘ldi", — deya iqtibos keltirgan nashr Ar-Riyod politsiyasi matbuot-xizmati vakilining so‘zlaridan.

Bordiyu, erkakning aybi isbotlanadigan bo‘lsa, unga nisbatan o‘lim jazosi qo‘llanilishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0