Hodisalar

Andijonda farzandini sotmoqchi boʻlgan ayol qoʻlga olindi

© Sputnik / Sergey Venyavsky / Fotobankka oʻtishJinoyatchilikka qarshi kurash
Jinoyatchilikka qarshi kurash - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Shahlo va uning jinoiy sherigi Dildora chaqaloqni 6,1 mln. soʻmga pullayotgan paytda bojxonachilar tomonidan jinoyat ustida qoʻlga olindi

TOSHKENT, 23 noya – Sputnik. Andijon viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida oʻz farzandini sotmoqchi boʻlgan ayol qoʻlga olindi, deb xabar berildi Oʻzbekiston davlat bojxona qoʻmitasi saytida.

Qoʻrgʻontepa tumanida istiqomat qiluvchi Shahlo Qosimova (maqoladagi barcha ism shariflar oʻzgartirilgan) endigina tugʻilgan qiz chaqalogʻini sotishni rejalashtiradi. Xaridor topishda esa unga hamtovogʻi Dildora Muinova “yordam”ga keladi.

Oʻzbekiston chegarasi. - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda odam savdosi bilan shugʻullangan jinoyatchilar qoʻlga olindi

Andijon shahridagi viloyat perinatal markazi oldida tezkor tadbirga jalb qilingan “yollanma xaridor” bilan uchrashuv belgilanadi. Shahlo va uning jinoiy sherigi Dildora chaqaloqni 6,1 mln. soʻmga pullayotgan paytda bojxonachilar tomonidan jinoyat ustida qoʻlga olindi.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, aybdorlarga nisbatan Jinoyat ishlari boʻyicha Qoʻrgʻontepa tuman sudining xukmi bilan qilmishiga yarasha jazo tayinlandi.

Yangiliklar lentasi
0