Jahon banki O‘zbekiston energetikasi rivoji uchun 150 mln $ ajratadi

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishElektr uzatish nimstansiyasi
Elektr uzatish nimstansiyasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Loyihaga ko‘ra, Toshkent shahridagi 22 va viloyatlardagi 10ta nimstansiyaning rekonstruksiya qilinishi asnosida ulardan foydalanish va texnik xizmat jarayonidagi texnik yo‘qotish va xarajatlar qisqaradi

TOShKENT, 24 noya – Sputnik. Jahon banki ijrochi direktorlari kengashi O‘zbekiston magistral tarmoqlar nimstansiyalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish loyihasi uchun 150 mln dollar mablag‘ ajratilishini ma’qulladi. Bu haqda Jahon banki saytida ma’lum qilindi. Loyiha respublikadagi magistral elektr tarmoqlarining texnik samaradorligi va ishonchliligini oshirishga yo‘naltiriladi.

Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari vazifasini bajaruvchi Yan-Peter Oltersning fikriga ko‘ra, hukumatning muhim institutsional va infrastrukturaviy cheklovlarni bartaraf qilishga bo‘lgan urinishi xususiy sektor samaradorligini oshirishga yordam beradi va munosib haq to‘lanadigan ish joylarini yaratishni qo‘llab-quvvatlaydi, bu esa o‘z navbatida iqtisodiy o‘sish va oilalarning, xususan, zaif holatdagi oilalarning turmush darajasi oshishiga olib keladi.

Elektr tarmoqlarini ta’mirlash - Sputnik O‘zbekiston
UzLiDep: qishloq joylarda elektr tarmoqlari yangilanadi

Loyihaga ko‘ra, Toshkent shahri va 10 viloyatdagi 22ta nimstansiyaning rekonstruksiya qilinishi asnosida ulardan foydalanish va texnik xizmat jarayonidagi texnik yo‘qotish va xarajatlar qisqaradi. Loyiha doirasida o‘rta kuchlanishli 110 kilovoltli mobil nimstansiyalar va magistral elektr tarmoqlaridagi uzilishlarni zudlik bilan bartaraf etishda zarur bo‘ladigan qayta tiklash tizimlarini sotib olish rejalashtirilgan. Mazkur yangi texnologiya milliy energiya tizimi barqarorligini oshiradi. Loyiha elektr energiyasi samaradorligini oshirish va yo‘qotishlarni qisqartirish hisobiga O‘zbekistondagi 6 milliondan ortiq oilaning yillik energiya iste’moliga teng miqdordagi bug‘ gazlari ajralib chiqishining kamayishiga imkon beradi.

O‘zbekiston Jahon bankiga 1992-yilda a’zo bo‘lgan. Jahon bankining respublikadagi missiyasi iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash, infrastruktura va ijtimoiy sohalarni modernizatsiya qilish orqali aholining turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan.

Yangiliklar lentasi
0