Markaziy bank rahbari bilan onlayn bog‘lanish mumkin bo‘ldi

© Baxodir MamadjanovO‘zbekiston Markaziy banki
O‘zbekiston Markaziy banki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bank rahbariyati shuningdek, har kuni soat 8dan 11gacha fuqarolarni qabul qilishni yo‘lga qo‘ydi

TOShKENT, 24 noya — Sputnik. Markaziy bank raisi Fayzulla Mullajonov jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini qabul qilish uchun virtual qabulxona tashkil etdi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ariza, taklif va shikoyatlar Markaziy bankda tashkil etilgan ishonch telefoni (0 800) 200-00-44 (respublikaning barcha hududlaridan qo‘ng‘iroqlar bepul) orqali qabul qilinadi.

Bank rahbariyati shuningdek, har kuni soat 8dan 11gacha fuqarolarni qabul qilishni yo‘lga qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, 24-sentabr kuni Bosh vazir Shavkat Mirziyoyevning virtual qabulxonasi ishga tushdi. Bir oy davomida qabulxonaga 70 mingdan ortiq murojaat tushdi. Shundan so‘ng vazirliklar rahbarlari o‘z virtual qabulxonalarini ochishdi. Masalan, tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov, moliya vaziri Rustam Azimov, xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi raisi Davron Hidoyatov va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori To‘lqin Teshaboyevlar ham murojaatlarni onlayn qabul qilishni yo‘lga qo‘ydilar.

Yangiliklar lentasi
0