Novak O‘zbekistonni neft bozorini barqarorlashtirishda qatnashishga chaqirdi

Obuna bo‘lish
Rossiya energetika vaziri Aleksandr Novak neft bozorini barqarorlashtirish bo‘yicha muzokaralarda imkon boricha ko‘proq mamlakatlar, jumladan O‘zbekiston, Qozog‘iston va Meksika ham ishtirok etishini ta’minlashga urinmoqda

TOShKENT, 24 noya — Sputnik. Rossiya energetika vaziri Aleksandr Novak neft bozorini barqarorlashtirish bo‘yicha choralar ko‘rish uchun yetarlicha imkoniyat mavjud deb hisoblaydi.Bu haqda RIA Novosti ma’lum qildi.

"Men ijobiy kayfiyatdaman, neft qazib oluvchi mamlakatlar bilan kelishish uchun yetarlicha imkoniyatlar mavjud deb hisoblayman",- dedi Novak jurnalistlarga.

"Biz hozirda asosan OPEKka kirmaydigan davlatlar bilan ish olib bormoqdamiz, bunday kelishuvlarda imkon boricha ko‘proq mamlakatlar ishtirok etishlari uchun muzokaralar olib bormoqdamiz. Moskvaga shu kunlarda Qozog‘iston energetika vaziri keladi, kecha O‘zbekiston bilan telefon orqali muzokara o‘tkazdik, bugun esa yana qator mamlakatlar, jumladan Meksika bilan muzokara bo‘ladi",- dedi vazir.

Neftni qayta ishlash korxonasi - Sputnik O‘zbekiston
OPEC mamlakatlari neft ishlab chiqarishni cheklashga rozi

"AQSh bilan muzokara o‘tkazilmadi",- dedi Novak jurnalistlarning ushbu davlat bilan neft bozoridagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilganligi haqidagi savoliga javoban.

Sentabr oxirida OPEK Jazoirda bo‘lib o‘tgan norasmiy yig‘ilishda neft qazib olishni sutkasiga 32,5-33 million barrelgacha cheklashga kelishib olgandi, biroq tashkilotning har bir a’zosiga nisbatan belgilangan aniq cheklov bo‘yicha kelishuvga erishilmagan.

OPEKning 30-noyabr kuni Venada bo‘lib o‘tadigan rasmiy uchrashuvida kelishuvlar bo‘yicha so‘nggi qaror qabul qilinishi lozim. Tashkilot neft bozorini barqarorlashtirish choralariga qator neft qazib oluvchi mamlakatlar, birinchi navbatda Rossiya qo‘shilishiga umid qilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0