Jamiyat

Prezident saylovida 6 mingga yaqin saylovchi muddatidan oldin ovoz berdi

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Muddatidan oldin ovoz berish saylov kuniga oʻn kun qolganida boshlanadi va saylov kunidan bir kun oldin nihoyasiga yetadi

TOSHKENT, 25 noya — Sputnik. Oʻzbekiston Prezidenti saylovida olti mingga yaqin saylovchi muddatidan oldin ovoz berdi, deb xabar berdi respublika MSK matbuot xizmati RIA Novostiga.

"Muddatidan oldin ovoz berishning birinchi kunida saylov uchastkalarida 5964 saylovchi ovoz berdi. Biz kishilar oʻz saylovchilik huquqini amalga oshirish uchun ongli ravishda tashrif buyurishayotganini koʻrib turibmiz", — dedi MSK vakili.

Saylov qonunchiligiga koʻra saylov kuni oʻz yashash joyida boʻlish imkoniyatiga ega boʻlmagan saylovchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega. Muddatidan oldin ovoz berish saylovga oʻn kun qolganida boshlanadi va saylovdan bir kun oldin nihoyasiga yetadi.

Ovoz berish - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Oʻzbekistonda 24 noyabrdan 2 dekabrga qadar muddatidan oldingi saylovlar oʻtkaziladi

Markaziy saylov komissiyasining maʼlum qilishicha, Oʻzbekiston Prezidenti saylovlarini oʻtkazish uchun 9381ta saylov uchastkasi tuzildi, ulardan 44tasi xorijiy mamlakatlarda tashkil etilgan.

Mamlakatda rasman faoliyat koʻrsatayotgan barcha toʻrt partiya tomonidan ilgari surilgan nomzodlar roʻyxatga olingan. Oʻzbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasidan Sarvar Otamuratov, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Shavkat Mirziyoyev, Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasidan Hatamjon Ketmonov, Oʻzbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasidan Narimon Umarov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar etib roʻyxatga olindi.

Yangiliklar lentasi
0