Jamiyat

Ozarbayjonda Navoiyning milliy adabiyotga taʼsiri muhokama qilindi

© jahonnewsAlisher Navoiyga bagʻishlangan xalqaro anjuman
Alisher Navoiyga bagʻishlangan xalqaro anjuman - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Anjuman ishtirokchilari Oʻzbekistonda atoqli shoir merosini oʻrganish va uning asarlari yoshlar orasida ommalashishi borasida qanday ishlar amalga oshirilayotganidan voqif boʻldilar

TOSHKENT, 25 noya — Sputnik. Ozarbayjon milliy fanlar akademiyasida qoshidagi Nizomiy nomidagi adabiyot institutida boʻlib oʻtgan xalqaro konferentsiyada Alisher Navoiyning Ozarbayjon adabiyotiga koʻrsatgan taʼsiri muhokama qilindi, deb xabar bermoqda "Jahon" AA.

Oʻzbekistonning Bokudagi diplomatik vakolatxonasi, Ozarbayjon MFA va Nizomiy nomidagi adabiyot instituti tomonidan tashkil etilgan "Alisher Navoiy va Ozarbayjon adabiyoti" deb nomlangan konferentsiyada Milliy majlis fan va taʼlim qoʻmitasi, qoʻlyozmalar instituti vakillari, taniqli navoiyshunoslar, shoir va yozuvchilar ishtirok etdilar.

"Ozarbayjonda Alisher Navoiy Nizomiy va Fuzuliylar bilan bir qatorda turadi, uning asarlari mamlakatimiz tarixchilari tomonidan qunt bilan oʻrganiladi, ozarbayjon tiliga oʻgirilgan asarlarning asl nusxalari esa qoʻlyozmalar institutida koʻz qorachigʻidek asrab kelinmoqda. Taʼkidlash joizki, bizning ijod ahlimiz ham Navoiyni Oʻzbekistonda sevishganidek sevishadi. Navoiyni eʼzozlashadi va ozarbayjon adabiyoti rivojiga sezilarli taʼsir koʻrsatgan ustoz sifatida qabul qilishadi", — dedi Ozarbayjon milliy fanlar akademiyasi vitse-prezident Isa Gabibbeyli.

Konferentsiyada Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi oʻzbek tili va adabiyoti universiteti katta oʻqituvchisi, "Oʻzbekiston — Ozarbayjon" doʻstlik jamiyati hamraisi Gulbahor Ashurova "Tarixiy qarashlar va mustaqillik davrida navoiyshunoslik" maʼruzasi bilan ishtirok etdi.

Anjuman ishtirokchilari Oʻzbekistonda atoqli shoir merosini oʻrganish va uning asarlari yoshlar orasida ommalashishi borasida qanday ishlar amalga oshirilayotganidan voqif boʻldilar. Buyuk shoirga bagʻishlab fotomateriallar, uning ozarbayjon va oʻzbek tillarida nashr etilgan kitoblari, uning hayoti va ijodiga bagʻishlangan jurnal va risolalar koʻrgazmasi ham tashkil etildi.

© jahonnewsAlisher Navoiy ijodiga bagʻishlangan xalqaro anjuman
Mejdunarodnaya konferentsiya v Baku, posvyaщennaya tvorchestvu Alishera Navoi - Sputnik Oʻzbekiston
Alisher Navoiy ijodiga bagʻishlangan xalqaro anjuman

"Faxr bilan eʼtirof etishim mumkinki, Ozarbayjonda buyuk mutafakkirning "Muhokamatul- lugʻatayn" asari ozarbayjon tilida ilk marta 1902 yilda chop etilgan, uning ijodini chuqur oʻrganish esa 1907 yildan boshlangan", — dedi Nizomiy nomidagi adabiyot institutining ozarbayjon-turkman-oʻzbek tillari kafedrasi mudirasi Almaz Ulvi Binnatova.

Konferentsiya maʼruzachilari Alisher Navoiy ijodi oʻzbek tilining rivojlanishi, turk adabiyotining shakllanishi hamda ozarbayjon madaniyati va sheʼriyatiga katta taʼsir koʻrsatganligini eʼtirof etishdi.

Yangiliklar lentasi
0