Jamiyat

FJSHMQMI soʻrovi: fuqarolarning 81,5%i kimga ovoz berishini biladi

© Sputnik / Aleksandr Kryajev / Mediabankka oʻtishOvozlarni sanash
Ovozlarni sanash - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
FJSHMQMI 1130 kishi orasida saylovlar haqida jamoatchilik fikrini baholash boʻyicha soʻrov oʻtkazdi, soʻrovda ishtirok etganlarning 39%i 30 yoshgacha boʻlganlardir

TOSHKENT, 25 noya — Sputnik. Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti tomonidan mamlakat aholisining boʻlajak prezident saylovlari borasidagi jamoatchilik fikrini baholash monitoringi oʻtkazildi, deb xabar berdi FJSHMQMI matbuot xizmati.

Soʻrovda 1130 kishi ishtirok etdi. Ishtirokchilarning 39%ini 30 yoshgacha boʻlganlar tashkil qildi.

Ovoz berish - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Prezident saylovida 6 mingga yaqin saylovchi muddatidan oldin ovoz berdi

Soʻrov natijalari qatnashchilarning 71%i saylov kampaniyasi borishini bevosita kuzatib borayotganligi va boʻlajak saylovlar Oʻzbekiston kelajagi uchun muhim ahamiyatga egaligiga ishonishlarini koʻrsatdi.

Soʻrovda ishtirok etganlarning 95%i 4 dekabr kuni saylovda albatta qatnashishini bildirdi.

Soʻrov vaqtida ishtirokchilarning 81,5%i kimga ovoz berish borasida bir qarorga kelib boʻlganligini aytdi. Saylovoldi targʻibot ishlari natijalariga koʻra, oʻz nomzodi gʻoyalarini targʻib qilish boʻyicha ishlarni baholash reytingining eng yuqori oʻrnini OʻzLiDeP egalladi.

Soʻralganlarning 75%i Prezidentlikka nomzodlarning saylovoldi dasturlari bir-birlarinikidan farq qiladi deb hisoblaydi.

Yangiliklar lentasi
0