Jamiyat

Ikkinchi Dreamliner Dubayga parvoz qildi

© UzairwaysOʻzbekiston milliy aviakompaniyasi xodimalari
Oʻzbekiston milliy aviakompaniyasi xodimalari - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻzbekistonlik yoʻlovchilar hech qanday toʻxtalishlarsiz qulay sharoitlarda manzillariga yetib olishlari mumkin

TOSHKENT, 25 noya — Sputnik. 23 noyabr kuni "Oʻzbekiston havo yoʻllari" milliy aviakompaniyasiga qarashli ikkinchi Boeing 787 Dreamliner samolyoti Toshkent — Dubay — Toshkent reysi boʻyicha oʻzining ilk parvozini amalga oshirdi, deb xabar berildi kompaniya saytida.

Ikkinchi "orzu layneri" aviakompaniya parkiga 5 noyabr kuni keltirilgandi. Birinchi Dreamliner esa sentyabrda xalqaro yoʻnalishlarda parvoz qilishni boshlab yuborgan. U Dubay, Dehli, Istanbul, Tel-Aviv, Olmaota va Moskvaga parvozlarni amalga oshirdi.

Endilikda yangi samolyotlar Atlantika yoʻnalishida uzoq masofaga toʻxtovsiz parvozlarni amalga oshiradi. Oʻzbekistonlik yoʻlovchilar hech qanday toʻxtalishlarsiz qulay sharoitlarda manzillariga yetib olishlari mumkin.

Yangiliklar lentasi
0