Dunyoda

Jirinovskiy Erdoʻgʻon bilan uchrashuvi haqida: Turkiya SHHTga aʼzo boʻlmoqchi

© Sputnik / Sergey Pyatakov / Mediabankka oʻtishLDPR raisi Vladimir Jirinovskiy
LDPR raisi Vladimir Jirinovskiy - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
24-noyabr kuni Rossiyaning LDPR partiyasi raisi Vladimir Jirinovskiy turkiya tomonning taklifiga koʻra, Anqarada Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdoʻgʻon bilan uchrashdi, deb xabar qilingan partiya rasmiy saytida

TOSHKENT, 25 noya — Sputnik. Vladimir Jirinovskiy va Toyib Erdoʻgʻon ikki davlatning istiqboldagi hamkorligi borasida eng dolzarb masalalarni muhokama qilish bilan birga, iqtisodiyot, turizm va Anqara va Moskva munosabatlariga alohida eʼtibor qaratdilar, deb xabar qilingan LDPR rasmiy saytida.

Turkiya prezidentining Oʻzbekistonga tashrifi - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Mirziyoyev va Erdoʻgʻon uchrashuvi: ikki rahbar nimalarga kelishib oldi?
Jirinovskiyga koʻra, Turkiya yetakchisi bilan uchrashuv oʻta samarali kechgan — Rajab Erdoʻgʻon va Vladimir Jirinovskiy 45 daqiqa ichida ikki doʻst mamlakat yangi munosabatlarni qurish uchun ikki tomonni qiziqtirgan barcha takliflarni muhokama etishga ulgurganlar. Jumladan, Turkiyaning ruslarga munosabati tilga olingan — Erdoʻgʻon mamlakatda rus tili oʻrgatiladigan yangi maktablar, yangi madaniy markazlar ochilayotgani haqida aytib oʻtgan.

Xabarda taʼkidlanishicha, Erdoʻgʻon Yevropa Parlamentining Yevropa Ittifoqiga Turkiyani qoʻshishni muzlatib qoʻyish haqidagi taklifini katta fojia deb bilmaydi va bu haqda u baralla aytdi ham.

Turkiya hukumatining mamlakatda roʻy bergan harbiy isyondan soʻng oʻlim jazosini tiklash haqidagi qarori Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlani shunday keskin chora koʻrishga undagan.

"Turkiya rahbari mamlakat televideniyasining barcha kanallari orqali chiqish qildi va bugungi ovoz berish jarayoni (Yevroparlament qarori demoqchi, tahr.) Turkiya uchun hech qanday ahamiyat kasb etmasligini aytdi. YEI Turkiyani aʼzolikka qoʻshish masalasini koʻrib chiqishni vaqtincha toʻxtatgani Turkiya prezidentining fikri bilan mos tushdi.

Men aminmanki, Turkiya SHHTga aʼzo boʻlish masalasini koʻrib chiqishga tayyor va kerak boʻlsa, barcha zarur choralarni koʻradi ham. Turkiya — Shanhay Hamkorlik Tashkilotiga aʼzo boʻlish istagida. Biz ham Turkiya kelgusi yilda SHHTning toʻlaqonli aʼzosiga aylanishi uchun oʻzimiz tomondan zarur boʻlgan choralarni koʻrib, mamlakat rahbariga ushbu masalani tezlashtirishda koʻmak berishini soʻraymiz. Va kelgusida ikkiyoqlama munosabatlarni yanada mustahkamlaymiz. Oʻshanda Turkiya islom dunyosida maʼlum obroʻ orttiradi, biz esa Turkiya orqali oʻz mavqeimizni yanada yuksaltiramiz", — deb izoh bergan Vladimir Jirinovskiy.

Yangiliklar lentasi
0