Odnoklassniki ijtimoiy tizim orqali mahsulotlar sotuvini yoʻlga qoʻydi

© press-slujba sotsialnoy setiOdnoklassniki
Odnoklassniki - Sputnik Oʻzbekiston
Mahsulotlar yoki xizmatlar sotuvi haqidagi postlar bepul joylashtiriladi

TOSHKENT, 25 noya — Sputnik. Odnoklassnikida guruhlar orqali mahsulotlar va xizmatlarni sotish uchun sozlanma paydo boʻldi. Mahsulotni ochiq guruhda post koʻrinishida eʼlon joylashtirgan holda sotish mumkin. Mahsulotlarni sotish uchun ishga tushirilgan sozlanma — ijtimoiy tizimning klassifaydlar hududidagi ilk qadamidir, deb xabar qilmoqda sayt matbuot-xizmati.

"OK auditoriyasi bir oyda ijtimoiy tizimdan turli maqsadlarda foydalanuvchi 73 mln. foydalanuvchilardan iborat.

Odnoklassniki tarmogʻi - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
"Odnoklassniki" UZCARD toʻlov tizimi bilan hamkorlik qilmoqda
Bizda anchadan beri mahsulotlar va xizmatlar sotish haqida eʼlonlarni joylovchi kichik biznes va mahalliy guruhlar bor. Biz ushbu yoʻnalishni tartib bilan ishlovchi va shaffof qilishga, tizimlashtirishga qaror qildik" — dedi Odnoklassniki loyihasi rahbari Anton Fedchin.

Odnoklassniki kelajakda Mail.Ru Groupning "Yula" tizimi bilan integratsiya imkoniyatini koʻrib chiqmoqda va ijtimoiy tizim doirasida ushbu sozlanmani alohida yoʻnalishga aylantirishga yordam beruvchi bir qator yangi sinovlarni rejalashtirmoqdalar.

Mahsulotlar yoki xizmatlar sotuvi haqidagi postlar bepul joylashtiriladi.

Rossiyaning klassifaydlar (eʼlonlar) bozori hajmi yiliga 12 mlrd. rublga (Goldman Sachs maʼlumotlari) teng va internetda eng tez oʻsayotgan bozorlardan biridir. Goldman Sachs tahlilchilarining soʻzlariga koʻra 2020 yilga kelib bozor hajmi yiliga 47 mlrd. rublga yetadi. Odnoklassnikining ichki maʼlumotlariga koʻra ijtimoiy tizimda 30 mingga yaqin mahsulotlar va xizmatlar sotishga ixtisoslashgan guruhlar mavjud. Ijtimoiy tizim bahosiga koʻra bir oyda mahsulotlar va xizmatlar sotuvidan 10 mln. odam foydalanadi va ushbu raqamlar yangi sozlanma ishga tushirilishi bilan yanada oʻsadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala