Siyosat

Oʻzbekiston-Qozogʻiston Qoʻshma demarkatsiya komissiyasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi

© Sputnik / Yevgeniy YepanchintsevChegara posti
Chegara posti - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Mazkur malisda ikki mamlakat Hukumat delegatsiyalari Oʻzbekiston-Qozogʻiston Davlat chegaralari demarkatsiyasiga oid hujjatlarni tayyorlash va kelishishni davom ettirdilar

TOSHKENT, 25 noya — Sputnik. Oʻzbekiston-Qozogʻiston Qoʻshma demarkatsiya komissiyasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston TIV matbuot-xizmati.

Avtobus - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasida avtobus qatnovi joriy qilinadi
"2016-yilning 21-25-oktyabr kunlari Toshkent shahrida Oʻzbekiston-Qozogʻiston Qoʻshma demarkatsiya komissiyasining navbatdagi 54-majlisi boʻlib oʻtdi.

Mazkur malisda ikki mamlakat Hukumat delegatsiyalari Oʻzbekiston-Qozogʻiston Davlat chegaralari demarkatsiyasiga oid hujjatlarni tayyorlash va kelishishni davom ettirdilar.

Muzokaralar davomida 2016-yilda bajarilgan demarkatsiya ishlarining yakunlari sarhisob qilindi hamda 2017-yilda boʻlajak ishlar koʻlami kelishildi.

Uchrashuv doʻstlik va hamjihatlik ruhida boʻlib oʻtdi", — deyilgan xabar matnida.

Yangiliklar lentasi
0