Putin 22-dekabr kuni katta anjuman o‘tkazadi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishRossiya prezidenti Vladimir Putin
Rossiya prezidenti Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayni vaqtda jurnalistlarni akkreditatsiyadan o‘tkazish jarayoni boshlab yuborilgan

TOShKENT, 25 noya — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning katta matbuot-anjumani 2016-yilning 22-dekabrida bo‘lib o‘tadi, deb xabar qilmoqda Kreml matbuot-xizmati.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan To‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot - Sputnik O‘zbekiston
“Vladimir Putin bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot”
Ayni vaqtda jurnalistlarni akkreditatsiyadan o‘tkazish boshlangani e’lon qilingan.

"Rossiya prezidenti matbuot va axborot xizmati boshqarmasining akkreditatsiya va brifinglar departamenti Rossiya prezidenti Vladimir Putin matbuot-anjumanida ishtirok etish uchun akkreditatsiyadan o‘tkazishni boshladi. Matbuot-anjumani 2016-yilning 22-dekabr sanasida bo‘lib o‘tadi", — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, arizalar Roskomnadzorda ro‘yxatdan o‘tgan Rossiya OAVlari hamda Rossiya TIV qoshida akkreditatsiyadan o‘tgan chet el jurnalistlaridan qabul qilinadi. Akkreditatsiyadan o‘tkazish 2016-yilning 9-dekabrida Moskva vaqti bilan 17.00da to‘xtatiladi.

Yangiliklar lentasi
0