Jamiyat

Lola Karimova "Sen yolgʻiz emassan" fondining 14 yillik faoliyati haqida hisobot berdi

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Ushbu xayriya tashkilotiga 2002 yilda asos solingan boʻlib, uning asosiy vazifasi yetim va imkoniyati cheklangan bolalarga har tomonlama yordam berishdir

TOSHKENT, 25 noya — Sputnik. "Sen yolgʻiz emassan" Fondi oʻz faoliyatini boshlaganiga shu hafta 14 yil boʻldi, deb xabar qilmoqda Lola Karimova-Tillayeva oʻzining facebook ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida.

Islom Karimov - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Lola Karimova Islom Karimov nomidagi fondga asos soldi
Ushbu xayriya tashkilotiga 2002 yilda asos solingan boʻlib, uning asosiy vazifasi yetim va imkoniyati cheklangan bolalarga har tomonlama yordam berishdir.

"Xayriya tashkilotimiz Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari, kam taʼminlangan oila farzandlari va imkoniyati cheklangan bolalarni sifatli tibbiy yordam bilan taʼminlashga alohida eʼtibor qaratadi. Fond ogʻir xastaliklar bilan ogʻrigan bolalarning Oʻzbekiston va chet elning ilgʻor klinikalaridagi davolanish va jarrohlik operatsiyalarini moliyalashtiradi.

Shu kunga qadar "Sen yolgʻiz emassan" Fondi Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi bilan hamkorlikda 15000dan ortiq bolajonlarning davolanishida yordam berdi. Ular orasida davolanishi oylar va hattoki yillarni talab etgan juda ogʻir xastaliklar bilan kasal boʻlgan bolajonlar bor.

Shuningdek, "Sen yolgʻiz emassan" Fondi Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazida yordam oluvchi imkoniyati cheklangan bolajonlar uchun aravachalar, turli protez va eshitish apparatlarini xarid qiladi.

Fond tomonidan qurib bitkazilgan va qayta taʼmirlangan Mehribonlik uylarida xalqaro standartlar asosida jihozlangan tibbiy bloklar tashkil etilib, ularda bolalarga yuqori malakali tibbiy xodimlar tomonidan profilaktik va terapevtik yordam koʻrsatiladi.

Kardioxirurglar - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Frantsiyada oʻzbekistonlik ikki bolaning yuragi operatsiya qilindi
Xayriya tashkilotimiz Oʻzbekistonning tibbiy muassasalariga ham yordam berib keladi. Jumladan, Respublika Perinatal markazi, V.Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazi hamda Gematologiya va qon quyish instituti boʻlimlarining zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlanishi Fondimiz tomonidan moliyalashtirildi.

"Sen yolgʻiz emassan" Fondi bizning yana bir xayriya tashkilotimiz Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi bilan hamkorlikda faoliyat yuritadi. Markazda imkoniyati cheklangan bolajonlarga tashxis, davolash va reabilitatsiya boʻyicha har tomonlama yordam koʻrsatiladi. Bu yerda tibbiy mutahassislar, pedagog va reabilitologlar markazga qatnovchi har bir bola uchun individual ishlab chiqilgan dastur asosida ish yuritadilar.

Lola Karimova-Tillayevaning instagramdagi sahifasi - Sputnik Oʻzbekiston
Lola Karimova Instagramdagi sahifasi kuzatuvchilari savollariga javob beradi
Oʻz faoliyatimizda biz Oʻzbekistondagi Mehribonlik uylarida yashash sharoitlarini yaxshilashga, u yerda tarbiyalanayotgan bolalarning taʼlim olishi uchun barcha kerakli imkoniyatlarni yaratishga alohida eʼtibor qaratamiz, maqsadimiz — bolajonlar kelajakda mustaqil, oʻqimishli, irodali insonlar boʻlib voyaga yetishlaridir. Fond tomonidan Oʻzbekistondagi bir qator Mehribonlik uylarining kapital taʼmirlanishi va jihozlanishi moliyalashtirildi. Toshkent shahridagi Goʻdaklar uyi, Samarqand shahridagi 10-Mehribonlik uyi, Chirchiqdagi 14-Mehribonlik uyi, 1-sonli Muruvvat uyi, 30- va 14-Mehribonlik uylarining yozgi oromgohlari shular jumlasidandir.

Shuningdek Fondimiz tomonidan Toshkent shahridagi 23-sonli va Samarqand shahridagi 6-Mehribonlik uylarining yangi maskanlari bunyod etildi hamda zamonaviy mebel va uskunalar bilan jihozlandi.

Toshkent viloyatining Qibray tumanidagi ixtisoslashtirilgan Goʻdaklar uyi ham Fond tomonidan barcha zarur jihoz va anjomlar bilan taʼminlandi.

Bolalar taʼlimi eʼtiborimiz markazida turuvchi yoʻnalishlardan biridir. 2003 yildan beri Fond qoshida Oʻquv markazi faoliyat yuritadi. Uning maqsadi bolalarni oʻqishga qiziqtirish, ijodiy salohiyati va iqtidorini rivojlantirish, shuningdek, ularni litsey, kollej va universitetlarga tayyorlashdir. Bu yerda bir qator gumanitar va anik fanlardan darslar oʻtiladi, shuningdek, bolalarga hayotiy koʻnikmalardan, uy-roʻzgʻor yuritishdan saboq beruvchi ijtimoiy moslashuvga oid amaliy mashgʻulotlar ham yuritiladi. Oʻquv markazi faoliyati mobaynida unda 2600 nafardan ziyod bola — Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari, imkoniyati cheklangan bolalar va kam taʼminlangan oila farzandlari — qoʻshimcha taʼlim oldilar. Oʻquv markazining 250dan ziyod bitiruvchilari Oʻzbekistonning oliy oʻquv yurtlari talabalari boʻlishga muvaffaq boʻldilar.

Jamoamiz oʻzining fidokorona va jonkuyar mehnati ila qiyin ahvolda qolgan koʻplab bolalarning hayotini yaxshilashda salmoqli natijalarga erishgani bilan faxrlanaman. Bizning kelajakdagi rejalarimiz bisyor. Oʻzbekistondagi ota-ona mehridan bebahra qolgan va imkoniyati cheklangan har bir bola yolgʻiz emasligini, biz uning kamol topishi va baxtu-saodati yoʻlida qoʻlimizdan kelgancha harakat qilishimizni bilishini astoydil istayman", — deb yozgan oʻz sahifasida Lola Karimova.

Yangiliklar lentasi
0