Dunyoda

"Tinchlantiruvchi nutq": NATO Bosh kotibi Tramp va Rossiyadan qoʻrqmaslikka chaqirdi

© REUTERS / YVES HERMANNATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg
NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
AQSH NATOga va Yevropa kollektiv xavfsizligi manfaatlariga sodiq qolishiga toʻliq aminman, deb taʼkidladi NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg

TOSHKENT, 25 noya — Sputnik, Mariya Tabak. NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg payshanba kuni Oksford universitetida "tinchlantiruvchi nutq" bilan chiqish qildi, deb xabar bergan RIA Novosti.

NATO emblemasi - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
NATO Oʻzbekistondagi vakolatxonasini yopadi
Stoltenberg Trampning "Rossiya bilan alyans muloqoti davom etishi haqidagi" bayonotiga qaramay, AQSH NATOni qoʻllab-quvvatlashda davom etishini aytgan. "Buyuk Britaniyaning YEIdan chiqishi esa alyansga hech qanday salbiy taʼsir koʻrsatmaydi", — deya qatʼiy ishonch bildirgan Stoltenberg.

Tramp — NATOning dushmani emas

"Shu narsa muhimki, men bunga aminman, AQSH NATO va Yevropa kollektiv xavfsizligi manfaatlariga sodiq qoladi. Men oʻtgan haftada AQShning yangi saylangan prezidenti Tramp bilan telefon orqali muloqot qildim va u menga NATOga hamda NATOning kollektiv xavfsizlik haqidagi ideallariga toʻliq sodiq ekanini aytdi. Men shunday boʻlishiga aminman, yoʻq, Tramp meni shunga ishontirgani uchunmas, balki kuchli NATO nafaqat bizning, balki AQSH manfaatlariga ham toʻliq javob beradi", — deb taʼkidlagan Stoltenberg oʻz nutqida.

Eslatib oʻtamiz, AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp oʻz saylovoldi kampaniyasi davomida AQSH NATOga uning qolgan aʼzolaridan koʻproq mablagʻ toʻlayotgani haqida juda koʻp takrorlagan edi. Tramp, bu holatni oʻzgartirish kerak, deb aytgandi. Tramp prezident boʻlib saylangach, Stoltenberg uni AQSH NATOdan bemavrid voz kechayotgani haqida ogohlantirib Yevropa ayni damda uzoq yillar davomida kuzatilmagan holat — eng jiddiy xavfga yuztuban boʻlayotgani haqida maʼruza qilgan edi, hatto.

Rossiyasiz qayoqqa ham borardik…

"Ittifoqchilarimiz Rossiya bilan turli mavzularda muloqot olib borishayotgani NATO uchun muammo emas. Alqissa, iyul oyida Varshavada oʻtgan sammitda, NATO Rossiya bilan muloqotni saqlab qolish qarorini qabul qilgan edi. Rossiya bizning yirik qoʻshnimiz, biz uni yakkalab qoʻyishga haqli emasmiz va u bilan turli muammolarni muhokama qilishimiz kerak", — deb taʼkidladi NATO Bosh kotibi.

8 iyulda Varshavada boʻlib oʻtadigan NATO sammiti - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
NATO sammiti: alyans Moskvadan boʻladigan "xatar"ga javob topishga urinmoqda

U misol tariqasida AQShning Suriya boʻyicha Rossiya bilan olib borgan muzokaralarini eslatib oʻtgan hamda Eron bilan yadro dasturi borasida erishilgan kelishuvda Rossiya katta rol oʻynaganini qoʻshimcha qilgan.

"Shunday ekan, Rossiya bilan muloqotimiz NATO siyosatiga va qarorlariga toʻkis javob beradi, va biz buning uchun havotir olishimiz kerak emas", — deb taʼkidlagan Stoltenberg.

Ammo shu bilan birga, u Rossiyaning oʻz taʼsir doirasini mustahkamlash va qoʻshni davlatlarni "nazorat qilish"ga boʻlgan intiluvchanligi borasida oʻz havotirlarini yashirmagan.

Rossiya prezidenti V. Putin va Finlyandiya rahbari S. Niinistyo - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Putin: NATO soʻnggi fin askari qolguncha, Rossiya bilan jang qilardi, ehtimol
"Uzoq yillar mobaynida Rossiya bilan oʻta yaqin munosabatlar oʻrnatib kelayotgan edik… Biz amaliy hamkorlik qildik, yuksalish va pastlashlar ham boʻldi, albatta, ammo har holda hamkorligimiz bor edi. Qrimning zoʻravonlik yoʻli bilan qoʻshib olinishi — munosabatlarimiz taqqa toʻxtatilishiga sabab boʻldi… Mana shu holat roʻy bergach, amaliy hamkorlikni toʻxtatdik. Toʻgʻri, siyosiy muloqotlarimiz hali ham davom etmoqda, ammo amaliy hamkorlik yoʻq", — deya izoh berdi Stoltenberg.

NATO Bosh kotibining soʻzlariga qaraganda, NATOning Sharqqa qarab kengayishi Rossiyani hech ham bezovta qilmasligi kerak.

"Rossiyaning "NATOning kengayishi — bu provokatsiya" degan fikrini umuman tushunmayman. Men buni tushunmasligimning sababi shundaki, har bir davlat — u xoh katta, xoh kichik, xoh Gʻarbiy, xoh Sharqiy davlat boʻlsin — oʻzi qaror qabul qilishga haqli. Yoʻq, bu yerda NATO kengaymayapti, balki Polsha, Estoniya, Litva, Latviya, Vengriya aʼzolikka ariza berishdi va bu ishni demokratik tarzda amalga oshirishdi. Rossiya qarshiligi uchun ularga "yoʻq" deb ayta olmaymiz, chunki  buning iloji yoʻq", — deb taʼkildadi Stoltenberg va shu oʻrinda, Serbiya NATOga qoʻshilishni istamaganini aytib oʻtdi.

"Va biz davlatlar tomonidan qabul qilingan qarorlarni hurmat qilamiz, shu jumladan, NATOga qoʻshilishni xohlamaydigan davlatlar qarorini ham", — deya taʼkidladi u.

"Rossiya shu oʻrinda oʻzini boʻsh qoʻyishi va qoʻshnilarining qaror qabul qilishlik huquqini tan olishi lozim, bu narsa barchaning manfaatiga xizmat qiladi — qoʻshnilarning ham, Rossiyaning ham", — deb qayd etdi NATO Bosh kotibi.

Yangiliklar lentasi
0