Dunyoda

Terrorchilarga qoʻshilib ketgan 29 nafar tojikistonlik qidirilmoqda

© Collage Sputnik / Jeshu JohnID daʼvati yozilgan taʼqiqlangan videomateriallarni tomosha qilish
ID daʼvati yozilgan taʼqiqlangan videomateriallarni tomosha qilish - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Tojikistonda 24 yoshdan 55 yoshgacha boʻlgan 29 shaxs ustidan qidiruv eʼlon qilingan, ulardan 5 nafari ayollardir. Qidiruvdagi shaxslarning roʻyxati ularning rasmlari bilan Tojikiston TIV rasmiy saytida eʼlon qilingan

TOSHKENT, 25 noya — Sputnik. Tojikiston Ichki ishlar vazirligi "Islom davlati" terrorchilik uyushmasi bilan hamkorlikda gumon qilinayotgan 30ga yaqin fuqaro ustidan qidiruv eʼlon qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston nashri.

Musulmon ayoli - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
ID jangarilari uchun “kelin” qidiradigan sayt yopildi
Qidiruvdagi shaxslarning roʻyxati ularning rasmlari bilan Tojikiston TIV rasmiy saytida eʼlon qilingan. Qidiruvga berilgan shaxslarning yoshi 24 yoshdan 55 yoshgacha boʻlib, 29 kishidan 5 nafari ayollardir.

Ilgariroq, Turkiya hukumati maxsus operatsiya davomida shohid-terrorchi sifatida gumonlanayotgan ikki shaxsni qoʻlga olgani, ular Tojikiston va Oʻzbekiston fuqarolari boʻlib chiqqani haqida xabar berilgan edi. Ikki jinoyatchi Turkiya orqali Suriyaga kirib borishni rejalashtirgan.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, soʻnggi yillar mobaynida Tojikistonning 1,4 ming nafardan ziyod fuqarosi "ID" terrorchilik uyushmasi safiga qoʻshilib ketgan.

Yangiliklar lentasi
0