O‘zbek tadbirkorlari 1,1 mln dollarlik shartnomalar imzoladilar

Obuna bo‘lish
Yarmarkaga tashrif buyurganlar tadbirkorlar tomonidan taklif etilgan mahsulotlarning yuqori sifati va raqobatbardoshligini munosib baholadilar

TOShKENT, 25 noya – Sputnik. O‘zbekistonlik tadbirkorlar xalqaro yarmarkada jami 1,1 million dollarlik eksport shartnomalari imzoladilar, deb xabar bermoqda "Jahon" AA.

Xitoyning Chendu shahrida bo‘lib o‘tgan "Western China International Fair 2016" xalqaro yarmarkasida 98 mamlakatdan 60 mingdan ortiq ishtirokchi qishloq xo‘jalik, tekstil, mebel, qurilish mahsulotlari, hunarmandlik buyumlarini namoyish etdilar.

O‘zbekistonlik tadbirkorlarning mahsulotlari ko‘pchilik e’tiborini jalb etdi. Yarmarkaga tashrif buyurganlar tadbirkorlar tomonidan taklif etilgan mahsulotlarning yuqori sifati va raqobatbardoshligini munosib baholadilar.

Yarmarka doirasida o‘zbek tadbirkorlari jami 1,1 million dollarlik eksport shartnomalari imzoladilar. Shuningdek, o‘zaro hamkorlikda loyihalar ishlab chiqish va amalga oshirish borasida kelishuvlarga erishildi.

Yangiliklar lentasi
0