Analitika

Oʻzbekistondagi saylovlar: dunyoni titratmaydigan 10 kun

© Sputnik / StringerSaylovga bagʻishlangan plakat
Saylovga bagʻishlangan plakat - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻzbek mentalitetini hisobga olib aytish mumkinki, oʻtgan yillardagi saylovlarda boʻlgani kabi 4 dekabr kungi saylovda ham barcha fuqarolar qatnashishadi

TOSHKENT, 25 noya — Sputnik. Oʻzbekistonda Prezidentlik saylovlari boʻlib oʻtishiga 10 kun qoldi. Mazkur muhim siyosiy voqeaga mamlakatda qanday tayyorgarlik koʻrilayotgani, nomzodlar saylovchilarni oʻz tomonlariga ogʻdirish uchun qanday harakat qilishayotgani haqida Sputnik Tojikiston muxbiri fikr yuritadi.

Saylovlar ilk marta Oʻzbekistonning uzoq yillik rahbari Islom Karimov ishtirokisiz oʻtishi aholining ulkan qiziqishiga sababchi boʻlishi kerakdek edi. Ammo siyosat maydonida uzoq vaqt davomida yagona nomzodning yetakchiligi va munosib nomzodlarning boʻlmasligi aholining qiziqishi deyarli yoʻqolishiga olib keldi.

Biz tanlaymiz, bizni tanlashadi

Oʻzbekistonliklar hozirda nomzodlar dasturini oʻrganishdan koʻra qishga tayyorgarlik, dollar kursining oshishi va oziq-ovqat narxlariga koʻproq eʼtibor qaratishgan. Bunga bir necha sabablar bor, lekin asosiysi, oddiy haydovchidan tortib siyosatchilargacha boʻlajak prezidentlik saylovlari natijasi qanday yakunlanishini yaxshi bilishadi.

SSSR tarqalganidan buyon mamlakat faqat birgina siyosatchi — Islom Karimovni bilardi. Uzoq vaqt davomida vazirlar, vazir oʻrinbosarlari va boshqa amaldorlar matbuotda deyarli koʻrinmadilar. Aksariyat fuqarolar bosh vazir – Shavkat Mirziyoyevning qiyofasini koʻrishmagandi.

2016 yilgi saylovlarga taklifnoma - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Fuqarolarga saylov taklifnomalari tarqatilishi boshlandi

Ikki oy ilgari vaziyat oʻzgardi. Avvaliga respublika bosh vazirining batafsil tarjimai holi chop etildi, mahalliy televideniyeda esa tomoshabinlar katta qiziqish bilan tomosha qilishgan Mirziyoyev haqidagi koʻrsatuv namoyish qilindi.

Mamlakatda keyingi yigirma yil davomida shakllangan tizim ham xalq dardiga quloq soladigan, ham masʼuliyatsiz amaldorlarni jazolaydigan faqat birgina yetakchini namoyon etib keldi. Tabiiyki, bunday holatda ilgarigi rahbar bilan yonma-yon qadam tashlagan, amalda sinovdan oʻtgan siyosatchigina yetakchilikni oʻz qoʻliga olishi mumkin edi.

Oʻzbek mentalitetini hisobga olib aytish mumkinki, oʻtgan yillardagi saylovlarda boʻlgani kabi 4 dekabr kungi saylovda ham barcha fuqarolar qatnashishadi.

Darvoqe, buni ijtimoiy soʻrov natijalari ham tasdiqlaydi. Lekin aksariyat fuqarolar ovoz berish borasida bir qarorga kelib boʻlishgan —omma Mirziyoyevni boshqalardan koʻra koʻproq taniydi.

Targʻibot va amaliyot

Oʻzbekistonda saylovoldi kampaniyasi yakuniy bosqichga yetib keldi, biroq undan Klinton va Trampda boʻlganidek ehtirosni kutmaslik lozim.

Saylovoldi targʻibotlari boshlanishidan ilgari ekspertlar bosh vazirdan tashqari uch nomzod — Otamuratov, Ketmonov va Umarovlar nostandart kampaniya oʻtkazsalargina, amalda odamlar bilan haqiqiy mavjud muammolar haqida gaplashsalargina gʻalaba uchun imkoniyat boʻlishi mumkinligini aytishgandi. Lekin afsuski, bunday boʻlmadi.

Sayyora Xoʻjayeva - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Ekspert: Oʻzbekistonda saylovoldi targʻibotlari boshlanmoqda

Mirziyoyevning barcha raqiblari chaqiriqli bannerlar ilish, TV uchun rolik tayyorlash va saylovchilar bilan uchrashuvlar uyushtirish bilan cheklandilar. Ularning oldida Mirziyoyevning aniq va rejali kampaniyasi ancha ishonchli. Bosh vazir jamoasi birinchi navbatda xalq orasidagi u haqidagi qattiqqoʻl siyosatchi degan tasavvurni tarqatib yuborishga kirishdi. Mamlakatning Birinchi Prezidenti vafotidan soʻng Mirziyoyev qattiqqoʻllik qilishi va vaziyat yomonlashishi haqida gap-soʻzlar bolalagandi. Lekin amalda hammasi boshqacha boʻldi.

Birinchidan, mamlakat tarixida ilk bor bunday yuqori darajadagi mansabdor shaxs internet orqali har qanday fuqaro murojaat qilishi mumkin boʻlgan virtual qabulxona ochib, omma bilan muloqotga kirishdi. Soʻngra mavjud muammolar va ularning hal qilinganligi haqida maqolalar chop etildi.

Ikkinchidan, bosh vazir poytaxt Toshkentga alohida eʼtibor qaratdi. U muammoli tumanlarga shaxsan oʻzi borib, qoʻlidan ish kelmaydigan rahbarlarni boʻshatishdan tashqari, anchadan buyon ogʻriqli boʻlib kelayotgan muammolarni hal qilishga – metro yoʻli qurish, Sergelida yangi uylar barpo etish, uy-joy kommunal sohasidagi masalalarni yechishga vaʼda berdi. Bundan tashqari, Mirziyoyev Toshkent markazida ilgari yopib qoʻyilgan va mashinalar qatnovida muammo tugʻdirayotgan koʻchalarni ochdi.

Demokratiya va inson huquqlari instituti direktori Sayyora Xoʻjayeva - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Ekspert: Gʻarbning Oʻzbekiston haqidagi taxminlari puch boʻlib chiqdi

Tashqi siyosatda esa Prezident vazifasini bajaruvchi Mirziyoyev qoʻshnilar, ayniqsa Qirgʻiziston va Tojikiston bilan munosabatlarni yaxshilashga kirishdi. Bu yoʻnalishda olgʻa siljish darhol sezildi — tomonlar bahsli hududlardagi chegara chiziqlari boʻyicha kelishuvlarni faollashtirdilar.

Aksariyat qismi u yoki bu tarzda Rossiya bilan bogʻliq boʻlgan aholi ham asosiy nomzoddan koʻp narsani umid qilmoqda. Migrantlarning oila aʼzolari Rossiyada oʻzbeklarni ishga qabul qilish jarayonlari soddalashishidan, rus tilida soʻzlashuvchi aholi esa Toshkentning Moskva bilan yanada mustahkam aloqalarni yoʻlga qoʻyishidan umidvor. 

Bundan tashqari, Mirziyoyev raqiblaridan farqli oʻlaroq, Prezidentlikka saylanadigan boʻlsa taklif etayotgan loyihalarini amalga oshirish uchun aniq raqamlarni keltirmoqda.

Siyosatdan koʻra tinchlik muhimroq

Xorijlik ekspertlarning fikricha, Karimovning vafotidan soʻng yuqori lavozimli mansabdorlar Prezidentning vorisi haqida kelishib olishgan. Shu nuqtai nazardan davlat siyosiy tizimida ishtirok etayotgan qolgan uch nomzod bu yilgi saylovlarda koʻp ovoz olmagan holda kelgusida ustunlik  qozonishga umid qilishlari mumkin.

Shuni ham unutmaslik lozimki, soʻz erkinligi va demokratiyani hamma narsadan ustun deb biladigan yevropalik va amerikaliklardan farqli ravishda oʻzbekistonliklar uchun xavfsizlik va barqarorlik har doim ustuvor boʻlib kelgan. Afgʻoniston, ID, ekstremistik guruhlar tomonidan tahdid mavjud boʻlgan Markaziy Osiyo mintaqasida esa koʻpchilikning taʼkidlashicha, kuchli qoʻl darkor.

Oʻzbekistonda deyarli hamma, hattoki maktab oʻquvchilari ham saylovlar qachon boʻlib oʻtishini va saylov uchastkalari qayerda joylashganligini bilishadi. Lekin aholining aksariyat qismi ishdan boʻsh vaqtini siyosatga emas, dam olish va koʻngil ochishga sarflashni maʼqul koʻradi.

Jamoat transporti, doʻkon va oshxonalarda ham suhbat mavzusi kim Prezident boʻlishi haqida emas, nomzod hokimiyat tepasiga kelganidan keyin qanday ishlarni amalga oshirishi haqida boʻladi.

Yangiliklar lentasi
0