Fidel Kastro vafot etdi

© Sputnik / M. Gankin / Mediabankka o‘tishKastro
Kastro - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kuba inqilobi yetakchisi Fidel Kastro 90 yoshida vafot etdi

TOShKENT, 26 noya — Sputnik. Kuba inqilobi yetakchisi Fidel Kastro 90 yoshida vafot etdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti nashri Frans Pressga tayangan holda. Fidel Kastroning olamdan o‘tgani haqida, shuningdek, Kuba milliy televideniyesida ham xabar qilindi, deb yozgan nashr.

Fidel Kastro - Sputnik O‘zbekiston
Komandante shunday degan: Fidel Kastroning eng yorqin iboralari
"Kuba inqilobi yetakchisi bugun kechqurun 22.29da vafot etdi", — deb xabar qilgan Raul Kastro davlat televideniyesi orqali. Uning so‘zlaridan Frans Press agentligi iqtibos keltirgan.

Kuba yetakchisi, Fidel Kastroning ukasi Raul Kastroning so‘zlariga qaraganda, Fidel Kastroning jasadi shanba kuni krematsiya (maxsus pechda murdani kuydirish, tahr.) qilinadi.

Fidel Kastroning bevaqt o‘limi yuzasidan davlat rahbarlari, siyosatchilar ijtimoiy tarmoqlarda o‘z fikrlarini yozib qoldirishmoqda.

"Fidel Kastro dunyoni o‘zgartira olgan buyuklardan biri edi. Dunyo uni unutmaydi", — deb yozgan rossiyalik senator Aleksey Pushkov o‘zining Tvitterdagi mikroblogida.

Kuba inqilobchisi, davlat va siyosat arbobi Fidel Kastro 1926-yilning 13-avgustida dunyoga kelgan. 1976-yilning dekabridan boshlab Kuba Davlat yig‘ini hamda Vazirlar kengashi raisi lavozimida faoliyat yuritgan.

2006 yilning 31-iyulida sog‘lig‘i yomonlashgani tufayli Davlat yig‘ini va Vazirlar kengashidagi vakolatlarini ukasi Raul Kastroga topshirgan edi.

Yangiliklar lentasi
0