Polshada Anna German konkursida O‘zbekistonlik xonanda maxsus sovrin oldi

© www.festiwalpiosenki.plMuzikalniy festival pesen Anni German v Varshave
Muzikalniy festival pesen Anni German v Varshave - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ajoyib ovoz sohibi Anna German Sovet Ittifoqining eng mashhur xonandalaridan biri edi. U ijro etgan “Nejnost”, “Svetit neznakomaya zvezda”, “A on mne nravitsya”, “Odin raz v godu svetut sadi” ko‘plab kinofilmlarga kiritilgan va millionlab kishilar ularni sevib tinglagan.

TOShKENT, 27 noya – Sputnik. Varshavada, O‘zbekistonda tug‘ilib o‘sgan mashhur polyak xonandasi Anna German qo‘shiqlariga bag‘ishlangan Festival bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda “Jahon” axborot agentligi. 

Anna German mashhur sovet ashulachisi - Sputnik O‘zbekiston
Anna German – bir umr O‘zbekistonga minnatdor bo‘lgan buyuk san’atkor

Ushbu festival doirasida Anna German qo‘shiqlarini ijro etish bo‘yicha musiqali konkurs bo‘lib o‘tdi. Konkursining birinchi bosqichida Polsha, Germaniya va Fransiyalik hay’at a’zolari 72 ariza orasidan kerakli vokal va ijrochilik talantiga ega bo‘lgan 27 xonandani tanlab olishdi. 

Konkursda O‘zbekistonlik san’atkor Farida Girgin ham Anna Germanning mashhur “Evridika” qo‘shig‘ini polyak tilida ijro etish bo‘yicha maxsus sovrin oldi. Hay’at a’zolari Farida Girgin ijrosini yuqori baholab unga “Anna German qo‘shiqlarini polyak tilida ijro etgan eng yaxshi chet ellik ijrochi” mukofotini taqdim etishdi.

“O‘zbekistonlik xonandaning ijrosi ushbu konsertning yorqin bezagi bo‘ldi. Ijrochi tomoshabinlarni o‘z mahorati va ovozi bilan xursand qildi. Undan hamma o‘rnak olsa bo‘ladi”, — dedi Anna German fondi direktori A.Rachinska

Ajoyib ovoz sohibi bo‘lgan Anna German Sovet Ittifoqining eng mashhur xonandalaridan biri edi. U ijro etgan “Nejnost”, “Svetit neznakomaya zvezda”, “A on mne nravitsya”, “Odin raz v godu svetut sadi” ko‘plab kinofilmlarga kiritilgan va millionlab kishilar ularni sevib tinglagan.

Anna German 1936-yilning 14-fevralida O‘zbekistonning Urganch shahrida tug‘ilgan.  Bir yil o‘tib uning ota-onasi Toshkentda ko‘chib o‘tishgan. Bolaligida qorin tifi bilan kasal bo‘lib o‘lim to‘shagida yotgan Annani toshkentlik o‘zbek qo‘shnisi qanday hayotini saqlab qolgani haqida uning onasi Irma Martens xotiralaridan bu yerda o‘qing. 

O‘zbekistonda tug‘ilib o‘sgan Anna German, bolaligi o‘ta og‘ir urush yillariga to‘g‘ri kelgan bo‘lsada, O‘zbekistonga va o‘zbek xalqiga bir umr minnatdor bo‘lib o‘tgan. Bu haqida mana shu yerda tanishishingiz mumkin.

Anna Germanning iztirobli taqdiri haqidagi suratga olingan filmdan qiziqarli lavhalarni youtube da tomosha qilishingiz mumkin.

Yangiliklar lentasi
0