Jamiyat

Tv, radio, internet - Oʻzbekiston aholisiga qay biri qiziq?

© RIA NovostiSmartfonda yangiliklar bilan tanishish
Smartfonda yangiliklar bilan tanishish - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonda oʻtkazilgan soʻrov internet foydalanuvchilarining yarmidan koʻpi televizor va radiodan foydalanmasliklarini koʻrsatdi.

TOSHKENT, 27 noya — Sputnik. Toshkent reklama assotsiatsiyasi Oʻzbekiston media-bozorida izlanish oʻtkazdi, deb xabar qilmoqda Uzbekistan Today.

Soʻrovda 1700dan ortiq kishi ishtirok etdi, ularning aksariyati 20-45 yoshli fuqarolar boʻldi.

Soʻrov najialariga koʻra, fuыarolarning 95% iternetga kuniga bir necha marta kirishini tasdiqlashdi. Shunikgdek ular internetga kirishda kompyuter, noutbuk va smartfon kabi turli uskunalardan foydalanishlarini taʼkidlashgan.

Televizor ishqibozlari quyidagi guruhlarga boʻlindi: soʻralganlarning 33% har kun hech boʻlmasa bir marotaba telekoʻrsatuvlar tomosha qilishlarini, 19% kuniga bir necha marta tomosha qilishlarini taʼkidlashdi.  13,8% — aholi esa umuman televizor tomosha qilmasliklarini aytishdi.

Radio masalasiga kelsak, soʻralganlarning 45% umuman radio eshitmasliklarini, 14,6 % esa kuniga bir marotaba radioeshittirishlar tinglashlarini va faqat 8% doimiy ravishda radio eshitib borishlarini xabar qilishgan.

"Toshkent reklama assotsiatsiyasi doimiy ravishda aholining media faolligini doimiy ravishda oʻganib kelishmoqda. Oʻtkazilgan ushbu soʻrov ham aholining ommaviy media vositalariga boʻlgan talabi qanday oʻzgarib borayotganini oʻrganish uchun qoʻyilgan muhim qadam boʻldi", — deydi Assotsiatsiya vakili Anvar Yoʻldoshev.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala