Tojikistonda aholining barmoq izlari olinmoqda

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishBarmoq izini olish
Barmoq izini olish - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozirda uchastka inspektorlari aholi uylariga borib maxsus qurilma yordamida ularning barmoq izlarini olishmoqda

TOShKENT, 28 noya — Sputnik. Tojikistonda aholining barmoq izlarini olish kampaniyasi boshlandi, deb xabar berdi Sputnik Tojikiston mamlakat IIV matbuot kotibi Umarjon Emomaliga asoslanib.

"Aholining xavotirlanishiga hojat yo‘q, bu tadbir daktiloskopik ro‘yxat haqidagi qonunni ijro etish doirasida o‘tkazilmoqda", — dedi u.

Hozirda uchastka inspektorlari aholi uylariga borib maxsus qurilma yordamida ularning barmoq izlarini olishmoqda.

O‘tgan yilning noyabrida Tojikiston parlamenti 16 yoshdan oshgan barcha fuqarolar pasport, haydovchilik guvohnomasi va shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar olishda daktiloskopik ro‘yxatdan o‘tishlari belgilangan hujjatning yangi tahririni ma’qulladi.

"Shaxsni tasdiqlovchi hujjat berilayotganda olingan daktiloskopik ma’lumotlar bazasi huquqni muhofaza qilish muassasasida saqlanadi, bu jinoyatlarni ochishda va tergovga yordam berishda qo‘l keladi", — dedi IIV matbuot kotibi.

Tojikistonda "Daktiloskopik ro‘yxat haqida"gi hujjat  1999-yilda qabul qilingan bo‘lib, u hozirgi vaziyatni hisobga olgan holda hamda huquqni himoya qiluvchi organlarga jinoyatchilikka qarshi kurashda yordam berish maqsadida 2015-yilda qayta ko‘rib chiqildi. 

Yangiliklar lentasi
0